Baxt bilan birga
gulhayo gulomjonova


Together With Happiness is a heartfelt story about self-discovery, healing, and hope. Through heartbreak, challenges, and personal growth, Bahor learns that true happiness does not come from othersit begins within herself. A touching journey of resilience, self-love, and finding the courage to start again.





gulhayo gulomjonova

Baxt bilan birga








 1

# Kirish



Bazan inson hayotidagi eng muhim savollarga javob topish uchun uzoq yol bosadi. Men ham shunday yolni bosib otdim.

Men 17 yoshli oddiy osmir qizman. Lekin yoshim kichik bolishiga qaramay, hayot menga kop narsalarni orgatdi. Ayniqsa, bitta savol meni uzoq vaqt oylantirdi:

Baxt nima?

Men baxtni uzoqlardan qidirdim. Uni katta yutuqlarda, orzularda va kelajakdagi muvaffaqiyatlarda izladim. Ammo bir kuni kutilmagan haqiqatni angladim: men qidirayotgan baxt doimo yonimda ekan.

Baxt bazan biz oylagandek uzoqda bolmaydi. U kopincha biz etibor bermaydigan oddiy lahzalarda, biz qadrlashni unutgan nematlarda yashirinadi.

Ushbu kitobni yozishdan oldin kop oyladim. Chiroyli jumlalar tuzishga harakat qildim, biroq keyin bir narsani tushundim: qalbdan chiqmagan sozlar hech qachon inson qalbiga yetib bormaydi. Shuning uchun bu sahifalarda siz mukammal sozlarni emas, balki samimiy fikrlarni uchratasiz.

Bu kitob mening hayotim haqida emas. Ammo unda tasvirlangan voqealar va his-tuygular hayotda roy bergan haqiqatlarga asoslangan. Kitobni yozish jarayonida meni qollab-quvvatlamaganlar ham boldi, ustimdan kulganlar ham topildi. Lekin men toxtamadim. Chunki bazan insonning maqsadi boshqalarning fikridan kuchliroq bolishi kerak.Agar hozir hayotingizda qiyinchiliklar bolsa, ozingizni yolgiz his qilsangiz yoki baxt sizdan uzoqda deb oylasangiz, ushbu kitob aynan siz uchun yozilgan.

Siz oylaganingizdan ham kuchlisiz.Siz oylaganingizdan ham qadrliroqsiz.Va eng muhimi, siz oylaganingizdan ham baxtliroqsiz.

Keling, ushbu sayohatni birgalikda boshlaylik. Balki kitobning oxiriga yetganingizda, siz ham men kabi baxtning asl manosini topgandirsiz.

Tayyormisiz?

Unda sahifani aylantiring va boshlaymiz...

 2

Oyna qarshisida otirarkanman, dostlarimning menga nisbatan aytgan achchiq sozlari xayolimda birma-bir jonlanardi. Kozgudagi aksimga uzoq tikildim. Har bir nuqsonimni qidirayotgandek, ozimni sinchiklab kuzatdim.

Song yana osha savolni takrorladim:

 Nega men? Nega men bunchalik xunukman? Nega meni shunday yaratding, Allohim? Nega dostlarim kabi gozal emasman? Nega?..

Hayotimda eng kop takrorlangan soz "nega" bolsa kerak.

Xonamni chuqur sukunat qoplagan edi. Ammo bu sukunat qalbimdagi shovqinni bosa olmasdi. On tort yoshim menga ogir oylar va tushunarsiz hislarni olib kelgandi. Goyo meni hech kim tushunmasdi. Hatto bazan ozim ham ozimni tushunolmay qolardim.Maktabga borish vaqti boldi.Ichimda istaksizlik uygondi. Yana osha maktab. Yana osha nigohlar. Yana osha kulgilar...

Men kopincha yolgiz qolishni xohlardim. Chunki yolgizlikda hech kim meni hukm qilmasdi. Hech kim ustimdan kulmasdi. Ammo yuragimning bir chekkasi kim bilandir samimiy suhbatlashishni, dardlashishni istardi.Divan ustida turgan maktab formamga qaradim. Uni kiyishdan oldin chuqur xorsindim.

 Yana shu formami?..

Sinfdoshlarimning turli xil, chiroyli kiyimlari bor edi. Meniki esa oddiy, sodda va ancha eskirib qolgan forma edi. Eng yomoni, uning rangi menga umuman yoqmasdi.Formamni kiyib, sochlarimni tartibga keltirdim. Sochlarimning jingalakligi ham ozimga yoqmasdi. Bazan kozguga qarab, nega boshqalarga oxshamasligim haqida oylardim.

Sumkamni oldim. Keyin cheti ochilib qolgan eski tuflimni kiyib, maktab tomon yol oldim.

Yolda ketarkanman, xayolim yana bezovta savollar bilan toldi.

"Bugun-chi?.."

"Bugun ular yana nimamdan kulishar ekan?"

Shu oy bilan maktab sari qadam tashlashda davom etdim.

 3

Maktab tomon ketarkanman, atrofdagi mashinalarning signallari va odamlarning shovqinli ovozlari xayollarimga qorishib ketardi. Ammo men ularni deyarli eshitmasdim. Xayolim faqat bitta narsaga band edi  bugun ham meni mazax qilisharmikan?

Nihoyat maktabga yetib keldim. Yuragimning urishi tezlashdi. Sinf xonasi ostonasiga qadam qoyishim bilan kimdir ismimni aytib chaqirdi.

 Bahor!

Ogirilib qaradim.Bu Nadzira edi.Nadzira juda gozal va zamonaviy qizlardan biri edi. U har doim did bilan kiyinardi. Xarakteri biroz ogir bolgani uchun hamma bilan ham tez chiqisha olmasdi. Shu sababli uning yaqin dostlari ham kop emasdi.Biz salomlashib, sinfga kirib bordik.

Nadzira biroz ikkilangandek menga qaradi. Song ehtiyotkorlik bilan dedi:

 Bahor, men bugun Ali bilan birga otirmoqchiman. Agar xafa bolmasang...

Men jilmayishga harakat qildim.

 Yoq, albatta. Hecham xafa bolmayman. Men Aisha bilan otiraman. Sen xijolat bolma.

Nadziraning Ali haqida qanday hislari borligini bilardim.Ali sinfdagi boshqa bolalardan ajralib turardi. U kelishgan edi, ammo uning oziga xos sovuqqonligi ham bor edi. Kopincha sinfdoshlari bilan emas, katta sinf oquvchilari bilan yurardi. Balki shuning tasiridir, u bazan qopol gapirardi. Ayniqsa qizlarga nisbatan hurmatsiz munosabatda bolishi menga yoqmasdi.Kop otmay dars boshlandi.Men Aisha bilan bir partaga otirdim. Dars boshlanishidan oldin biroz suhbatlashib qoldik.Birdan Aisha menga sinchiklab qaradi.

 Bahor, nega sochlaring bunaqa? Juda ham taralmaganga oxshaydi. Shu ahvolda qaysi bola seni sevarkin?

U gapini tugatishi bilan kulib yubordi.

 Ha-ha-ha...

Bu sozlar yuragimga ignadek sanchildi.

Bir lahzada kayfiyatim tushib ketdi. Men allaqachon tashqi korinishim haqida yetarlicha qaygurardim. Ammo boshqalarning bu haqda gapirishi ogriqni yanada kuchaytirardi.

Indamay qoldim.Bazan insonni eng kop ogritadigan narsa haqorat emas, balki uni aytgan odamning kulgisidir.

 4

Shu sababli Aishaning gaplariga javoban hech narsa deya olmadim.U esa mening sukutimdan foydalanib, ustimdan kulishda davom etdi. Har bir kulgisi yuragimga ogir botardi.

Nihoyat sabrim tugadi.

 Boldi, dars bolyapti. Keyin gaplashamiz,  dedim qatiy ohangda.

Aisha indamay qoldi.

Ich-ichimdan tanaffus bolmasligini istardim. Chunki tanaffus boshlanishi bilan Aisha yana meni mazax qilishini bilardim.Vaqt esa men uchun juda sekin otayotgandek tuyulardi. Yuragim har soniyada tezroq ura boshladi. Nihoyat qongiroq chalindi.Tanaffus.

 Ey Xudoyim, endi nima qilaman?  dedim ichimda.

Ammo kutilmaganda Aisha qongiroq chalinishi bilan sinfdan yugurib chiqib ketdi.Qalbim biroz taskin topdi.

Men asta-sekin daftar va kitoblarimni sumkamga joylay boshladim. Shu payt yonimga Yusuf va Toriq kelib qoldi.

 Off... yana nima boldi ekan?  deb oyladim.

Toriq menga galati tabassum bilan qaradi.

 Qalaysan, Bahor?Uning ovozida qandaydir kinoya bor edi.

 Yaxshiman, rahmat,  dedim hayron bolib.

Yusuf Toriqga qarab qoydi-da, song menga yaqinlashdi.

 Aisha nega yugurib chiqib ketganini bilasanmi?

Men bir lahza oylanib qoldim.

 Yoq. Nega ekan?

Yusuf va Toriq bir-birlariga qarab kulimsirashdi.

 U sinf rahbarining oldiga ketdi.

 Nega?

 Chunki sen uni haqorat qilibsan emish.

Bu gapni eshitib, goyo boshimga muzdek suv quyilgandek boldi.

 Nima?!Kozlarim katta-katta ochilib ketdi.

Axir men Aishani haqorat qilmagan edim-ku! Aksincha, butun dars davomida uning mazaxlariga chidadim. Biror marta ham unga qopol gapirmadim.Lekin endi u meni aybdor qilib korsatmoqchi edi.Yuragim siqilib ketdi.

Kozlarimga yosh qalqdi.

 Bu yolgon...  dedim pichirlab.  Men unday qilmaganman...Ammo gaplarimni hech kim eshitayotgandek emasdi.Yigimni zorga tiyib, sinfdan chiqib ketmoqchi boldim.

Eshik oldiga yetganimda esa kim bilandir toqnashib ketdim.

Boshimni kotarsam, qarshimda Ali turardi.

U menga hayron qaradi.

 Tinchlikmi?

Kozlarimdagi yoshlarni korib, qoshlarini chimirdi.

 Nega yiglayapsan? Kimdir seni xafa qildimi?

Bu savolni eshitib, yuragim yana bir bor zirqirab ketdi.

 5

Ali birdan jiddiylashib qoldi. Kozlarida gazab uchqunlari paydo boldi.Men unga hamma bolgan voqealarni aytib bermoqchi edim. Aynan shu paytda Aisha xursand qiyofada yonimizga kelib qoldi.

 Bahor, seni sinf rahbari chaqiryapti,  dedi u yuzidagi tabassumni yashira olmay.  Hozir direktor xonasida kutishyapti. Tezroq bor.

Men Aliga nimadir demoqchi boldim, ammo buning foydasi yoqligini angladim.Indamay direktor xonasi tomon yol oldim.Yolda ketarkanman, xayolimni bitta savol band qilgandi:

"Nega?""Nega Aisha menga bunday qildi?"Direktor xonasi eshigi oldiga yetib kelganimda koz yoshlarimni artdim. Chuqur nafas olib, eshikni taqillatdim.

 Kiring.

Ichkariga kirishim bilan yuragim siqilib ketdi.Direktor ham, sinf rahbari ham menga sovuq nigoh bilan qarashardi.Salom berdim va bolgan voqealarni birma-bir tushuntirishga harakat qildim. Ammo meni tinglashayotgandek tuyulmasdi.Direktor birdan ovozini balandlatdi:

 Sening nima haqqing bor dostingni haqoratlashga?Men javob berishga urindim.

 Men unday qilmaganman...Ammo u gapimni bolib yubordi.

 Yetar! Sen kimsan ozi? Yoqol xonamdan!

Bu sozlar qulogimda jaranglab qoldi.

"Sen kimsan?"Xonadan chiqib ketayotganimda aynan shu savol xayolimda qayta-qayta takrorlanardi.

"Men kimman?"Men kim edim ozi?

On tort yoshli oddiy bir qiz...Jingalak sochlari uchun uyaladigan qiz...Ozini chiroyli deb hisoblamaydigan qiz...Hech kimga kerak emasdek tuyuladigan qiz...Shu oylar bilan maktab hovlisidagi orindiqqa borib otirdim.Koz yoshlarim yana yuzim boylab oqib tusha boshladi."Men nega bundayman?""Nega meni hech kim tushunmaydi?"Osha paytda hatto onam ham meni tushunmayotgandek tuyulardi.Darsga kirgim kelmadi.Shunchaki hovlida yolgiz otirib qoldim.Oradan bir necha daqiqa otgach, yonimga kimdir kelganini sezdim.

Boshimni kotarmadim.Ammo u kishi kelib yonimga otirdi.Ali edi.U bir muddat indamay otirdi. Song past ovozda soradi:

 Nega yiglayapsan, Bahor?Men yuzimni boshqa tomonga burdim.

 Hech narsa bolmadi, Ali. Ket, iltimos.

Ali hayron bolib menga qaradi.

 Nega?

 Nadzira bizni birga korsa xafa boladi.

Ali qoshlarini chimirdi.Yuzidagi tabassum birdan yoqoldi.

 Men Nadzirani yaxshi kormayman.Men hayron bolib unga qaradim.Ali esa davom etdi:

 Ozi doim mening ortimdan yuradi. Men unga hech qachon umid bermaganman.Uning ovozi odatdagidan ancha qattiq eshitildi.Shu payt birinchi marta Ali haqidagi fikrlarim biroz ozgargandek boldi.

 6

 Ozi buni biladimi?  deb soradim sekin.

 Ha, biladi. Har kuni aytaman,  dedi Ali yelka qisib.  Bahor, senga nima bolganini ham bilaman. Yusuf bilan  Toriqning adabini berib chiqdim. Aishani esa umuman tanimay qoldim. Lekin sen menga qara... yiglama.Ali bu gaplarni juda oddiy aytdi. Ammo uning sozlari qalbimga iliq tasir qildi.Shunga qaramay, yuragimdagi ogriq va qorquv yoqolmadi.Bugun darsga kirgim kelmasdi.Sumkamni sinfdan olib, uyga ketishga qaror qildim.Yol boyi faqat yigladim.Goyo bundan boshqa hech narsa qolimdan kelmasdi.Eng achinarlisi, bu birinchi marta sodir bolayotgan voqea emas edi.Afsuski, bunday kunlar hayotimda kop bolgan.Aishaning menga nisbatan qandaydir alamzadaligi bor edi. Nega ekanini esa hanuz tushunmasdim.Uyga kirganimda hech kim yoq edi.Onam ishda, singlim maktabda edi

Xonamga kirib, yana osha eski odatimga qaytdim.Oyna qarshisiga bordim.Kozgudagi aksimga uzoq tikildim.

 Nega?

 Nega yana men?

 Nega bunchalik omadsizman?

 Nega hech kim meni sevmaydi?

Savollarim javobsiz edi.Koz yoshlarim esa tinimsiz oqardi.Ozimni xunuk deb oylardim.Jingalak sochlarimni yoqtirmasdim.Boy oiladan emasligim uchun ham ozimni boshqalardan kam his qilardim. Bazan esa dunyodagi eng omadsiz inson aynan menman, deb oylardim.Yolgizlikni sevishga majbur bolgan bir qiz...Yolgizlikni dost deb bilgan bir qiz...  band bolib otirganimda eshik ochildi oradan kop otmay onam  uyga kirdi..Uyga kirishi bilan atrofga nazar tashladi.Yigishtirilmagan xona, tarqoq kiyimlar va bosh qolgan dasturxon uning gashiga tegdi.

 Nega uylarni yigishtirmading?  dedi jahli chiqib.  Atrofga qara! Ovqatingni ham yemabsan. Kiyimlaring ham tartibsiz yotibdi.

Onamning bu gaplari odatdagi tanbeh bolishi mumkin edi.Ammo osha paytda qalbim allaqachon yaralangan edi.Shuning uchun uning har bir sozi menga yanada ogir botdi.Ichimda yigilib qolgan alam birdan bosh kotardi.Kozlarim yana yoshlarga toldi."Onam nega meni tushunmaydi?""Nega bir marta bolsa ham holimni soramaydi?""Nega meni yaxshi kormaydigandek tuyuladi?"Osha lahzada qalbimni gazab va ranj birdek qamrab oldi.Hatto ichimda aytishga qorqadigan bir savol ham tugildi:"Agar meni sevmasangiz, nega dunyoga keltirdingiz?"Lekin bu savolning ortida nafrat emas, mehrga bolgan chanqoqlik yashirin edi.

Men shunchaki kimningdir meni tushunishini istardim...

 7

Hich bir ish qilgum kelmayabdi urishavermang!

Bu gapni baland ovozda aytdim. Onam jim bolib qoldi. U bir necha soniya kozlarimga tikilib turdi. Nigohida ranj ham, hayrat ham bor edi. Ammo men buni korishni istamadim. Eshikni qattiq yopib, xonamga kirib ketdim.

Har kunim deyarli shu tarzda otardi. Kunlar bir-biriga oxshab ketardi. Shu holatda oradan ikki yil otdi. Ikki yil ichida men ozgardim. Juda ham ozgardim. Avval boshqalardan ranjirdim. Keyin ulardan nafratlana boshladim. Oxir-oqibat esa ozimdan ham nafratlanadigan qizga aylandim.

Ertaga otam uyga qaytadi. U uzoq vaqt chet elda ishlardi. Qurilishlarda mehnat qilardi. Lekin negadir uning kelishini kutmayotgandim. Hatto kelmasligini istayotgandek edim. Chunki otam bilan ham hech qachon bir-birimizni tushuna olmagan edik. Menga shunday tuyulardiki, u ham meni sevmaydi. Bazan esa ozimni bu dunyoda hech kimga kerak bolmagan insondek his qilardim.Shunda yana osha savol xayolimga kelardi: Men kimman? Ikki yil avval direktor aytgan gap hanuz qulogim ostida jaranglardi: Sen kimsan? Bu savol goyo meni taqib qilardi.

Ertasi kuni tongda otam uyga qaytdi. Uning kayfiyati yaxshi edi. Uyga kirishi bilan hammani quchoqladi. Keyin menga qarab kulimsiradi.

 Bahor!

Otam qollarini menga uzatdi. Men esa qotib qoldim. U meni bagriga bosdi. Ammo negadir men bu quchoqni his qila olmadim. Goyo qalbim atrofida devor qurib olgandim.Otam, onam va singlim uzoq suhbatlashib otirishdi. Men esa bir ogiz ham gapirmadim. Ichimdagi sukut ularning barcha sozlaridan balandroq edi.

 Maktabga kech qolaman,  dedim nihoyat.

Song ornimdan turib, xonamga kirib ketdim. Yana osha eski forma Yana osha yoqtirmaydigan rang Yana osha ozimdan uyalish hissiFormamni kiyib, sumkamni oldim va maktab tomon yol oldim. Yolda ketarkanman, kozlarimga yosh qalqdi. Negadir men ham boshqalar kabi kiyina olmayman? Nega hamma narsada kamchilik faqat menda? Osha paytda muammo kiyimda emasligini bilmasdim. Muammo qalbimdagi yaralarda edi. Lekin men buni hali tushunmasdim.Koz yoshlarimni odamlar kormasligi uchun zorga ushlab turardim. Tomogimga goyo korinmas zanjir boglangandek edi. Nafas olish ham qiyinlashardi.Nihoyat maktab ostonasiga yetib keldim. Oldimda yana bir kun, yana bir sinov kutib turardi. Chuqur nafas oldim va maktab eshigidan ichkariga qadam qoydim. Bu oddiy kun emasligini esa hali bilmasdim.

 8

Hech ham kirgim kelmasdi. Maktabdan nafratlanardim. Men uchun maktab qamoqxonadan farq qilmas, sovuq va jirkanch bir joy edi.Shu payt orqamdan kimdir kozlarimni qollari bilan yopdi. Bu holat menga yoqmadi. Darhol qollarni yuzimdan olib tashladim va ortimga ogirildimNadzira.

 Bahor! Qayerlarda yuribsan? Gozal dugonajonim!  dedi u meni quchoqlab.Men darrov uning qollarini yelkamdan oldim va ozimdan itardim.

 Qollaringni mendan tort!Nadzira hayrat bilan menga tikildi.Uning "gozal dugonajonim" degan gapi menga masxaradek tuyuldi. Men uning ataylab aytganiga ishongim kelardi. Negadir u meni yomon koradi, deb oylardim.

 Tinchlikmi, Bahor? Nima boldi?  dedi u xavotir bilan.Kozlariga yosh qalqdi. Nadzira juda tasirchan qiz edi. Arzimagan narsaga ham yiglab yuborishi mumkin edi.

 Sen ataylab qilyapsan.

 Nimani?

 Sen meni yaxshi kormaysan.

 Tushunmadim. Nima deyapsan ozi? Men nima qildim?

 Sen ham meni tushunmaysan!Nadzira chuqur xorsindi.

 Ozingni bosib ol, Bahor. Keyingi paytlarda juda ozgarib ketyapsan.

 Aralashma! Bu mening hayotim. Xohlaganimcha ozgaraman. Sen aralashma!Nadzira bir muddat jim turdi. Song indamay ortiga ogirildi-da, maktab tomon yurib ketdi.Men esa osha yerda qotib qoldim.Asablarim tarang edi.Maktabga kirgim kelmadi.Ortga qaytdim.Ichimda gazab qaynardi."Nega bunday dedi?""Nega meni tushunishga urinmadi?"Osha paytda muammo boshqalarda emas, ozimda ekanini tushunishga hali tayyor emasdim.Yol boylab yura boshladim.Birdan yerda yotgan bir qogozga kozim tushdi.Qiziqib egildim va uni qolimga oldim.Qogozda

 9

bosh ish orni borligi va ishchi kerakligi haqida elon yozilgandi. Shu lahzada xayolimga bir fikr keldi."Nega maktabdan keyin ishlamasligim kerak?"Agar ishlasam, ozim pul topaman. Ozim xohlagan kiyimlarni sotib olaman. Ota-onamga yuk bolmayman. Ulardan bir som ham soramayman.Shu zahoti qatiy qarorga keldim.Men ishlayman.

Tezda uyga qaytdim. Onamning telefonini olib, elondagi raqamga qongiroq qildim.Bir necha soniyadan keyin goshakni ayol kishi kotardi.

 Assalomu alaykum. Men ish boyicha qongiroq qilayotgandim,  dedim hayajonimni yashirishga urinib.

 Va alaykum assalom. Yoshingiz nechada?

 On olti yoshdaman.

Qarshi tomonda qisqa javob keldi Hali maktab oquvchisimisiz?

 Ha. Maktabda oqiyman. Nima bolibdi?  dedim biroz xafa bolib.Ayolning ovozi yumshadi.

 Kechirasiz, qizim. Bu masalani boshliq bilan gaplashib korishim kerak. Odatda voyaga yetmagan oquvchilarni ishga qabul qilmaymiz.

Yuragim gash tortdi.

 Men har qanday ishni qila olaman,  dedim shoshilib.  Ogir ish bolsa ham mayli. Faqat ishlashim kerak.

 Xop, sizga albatta xabar beraman.

Qongiroq tugadi.Telefonni sekin joyiga qoydim.Aslida ularning meni ishga olishlariga ozim ham ishonmasdim. Buni yuragim sezib turardi.Yana bir urinish...Yana bir umidsizlik...

Deraza tomonga qarab xorsindim."Nahotki bu ham oxshamasa?""Endi nima qilaman?""Ehtimol, ertaga hammasi ozgarar..."Ammo bu fikrga ozim ham unchalik ishonmasdim.Shu payt eshik ochildi.Onam xonamga kirib keldi.

 Maktabga bormadingmi, qizim? Nega bunchalik erta qaytding?Savol meni dovdiratib qoydi.

 Yoq... bordim, oyijon. Faqat biroz tobim qochdi. Boshim aylandi, konglim ham aynidi. Shuning uchun javob sorab uyga qaytdim.

Yana bir yolgon.Songgi paytlarda yolgon gapirish men uchun odatiy holga aylanib borayotgandi.Onam menga sinchiklab qaradi.

 Hozir ozingni yaxshi his qilyapsanmi?

Bu savolda xavotir bor edi.

Ammo osha paytda men buni sezishni ham istamasdim.Xuddi shu vaqtda qoshni xonadan otamning ovozi eshitildi.

 Oyisi!Onam ortiga ogirildi.Bu men uchun qutqaruvdek tuyuldi.

 Ha, oyi, men yaxshiman. Siz boravering.Onam bosh irgab, xonadan chiqib ketdi.Men esa karavotga chozildim.Shiftga tikilgancha uzoq yotdim.Xonada sukunat hukm surardi.Ammo miyamda minglab oylar bir-biri bilan kurashayotgandi."Endi nima qilaman?""Qanday qilib pul topaman?""Qanday qilib hayotimni ozgartiraman?"Osha paytda hali bilmasdim...Bazan insonning hayotini ozgartiradigan eng katta voqealar aynan umidsizlik ortidan boshlanadi.

 10

Yana bir bor urinishim muvaffaqiyatsiz tugadi. Ish topish haqidagi umidlarim yana chilparchin boldi."Nega men bunchalik omadsizman?""Nega hamma narsada omad mendan yuz ogiradi?"

Bazan menga bu dunyoda mendan ham omadsizroq inson yoqdek tuyulardiShu oylar bilan qancha vaqt yotganimni bilmayman. Charchoq va alam asta-sekin kozlarimni yumdi. Qachon uxlab qolganimni ham sezmay qoldim.Bir mahal onamning ovozidan uygondim.

 Bahor, tur qizim. Kechki ovqat tayyor.Ruhan ham, jismonan ham charchaganim uchun zorga ornimdan turdim. Sekin yurib zalga chiqdim.Dasturxon atrofida hamma jam bolgandi.Otam, onam va singlim bir-birlari bilan suhbatlashib otirishardi.Men esa ozimni bu oilaning bir azosidek emas, goyo tasodifan shu yerga kelib qolgan begona insondek his qilardim.Shunda sukutni otam buzdi.

 Bahor, qizim, oqishlaring qanday? Maktabda hammasi joyidami?

 Yaxshi, ota,  dedim qisqagina.

 Agar biror narsaga ehtiyojing bolsa, tortinmay aytgin, xopmi?

 Xop.

Yana qisqa javob.Otam menga bir necha soniya tikilib qoldi.U uzoq yillardan beri chet elda ishlardi. Qurilishlarda mehnat qilardi. Yuzlarida charchoq sezilib turardi. Qorachadan kelgan, boyi uncha baland bolmagan, ammo nihoyatda mehnatkash va saxiy inson edi.Afsuski, osha paytda men uning qilayotgan barcha mehnatlarini kora olmasdim.Shu payt otamning telefoni jiringladi.U uzr sorab hovliga chiqib ketdi.

Oradan bir necha daqiqa otib qaytib kirganida esa yuzidagi charchoq ornini quvonch egallagandi.Kozlari porlab turardi.Men beixtiyor qiziqib qoldim.

 Nima boldi, ota?Otam kulib yubordi.

 Yaxshi xabar. Juda yaxshi ish topildi.

Onam ham xursand bolib ketdi.Men ham otam uchun chin dildan quvondim.Lekin xayolimning bir chekkasida boshqa bir muammo yashab turardi.Mening ish topish muammom.Kunlar otardi.Maktabga borardim.Uyga qaytardim.Ammo miyamda faqat bitta savol aylanardi:"Qanday qilib pul topsam boladi?"Ota-onamga yuk bolishni istamasdim.Ulardan pul sorashni istamasdim.Ozimga kerak bolgan narsalarni oz mehnatim bilan olishni xohlardim.Shuning uchun kun-u tun yangi rejalar oylardim.Bir kuni maktabdan charchab qaytayotgan edim.Yolda kutilmaganda yaqinda kochib kelishgan qoshnimiz  Maryamni uchratib qoldim. Yaqinda kochib kelishlariga qaramay Maryam mening eng yaqin dugonalarimdan biri edi.

Biz bir muddat yol chetida turib suhbatlashdik, hol-ahvol sorashdik.

Gap orasida u kutilmaganda:

 Dadam yangi restoran ochyaptilar,  dedi.

Men qiziqib unga qaradim.

 Rostdanmi?

 Ha. Hozir ishchilar ham qidirishyapti.

Bu gapni eshitishim bilan yuragim tez urib ketdi.Goyo uzoq qorongilikdan keyin kichkina bir nur koringandek boldi.Nahotki...Nahotki men kutgan imkoniyat nihoyat paydo bolgan bolsa?Ichimda sonib borayotgan umid yana bir bor uygondi.

 11

Maryam menga restoranda ishchi kerakligini aytishi bilan yuragim quvonchdan hapriqib ketdi. Goyo uzoq vaqt kutgan imkoniyat nihoyat qarshimda paydo bolgandek edi. Men darhol unga ishlash niyatim borligini aytdim. Maryam otasi bilan gaplashib berishini, qolidan kelgancha yordam qilishini vada qildi. Bu xushxabarni eshitib, kayfiyatim kotarilib ketdi. Anchadan beri ilk marta kelajakka umid bilan qarayotgandim.Togrisini aytsam, osha paytlarda Nadzira bilan munosabatlarimiz ham ancha sovuqlashib qolgan edi. Deyarli har kuni nimadir sabab bolib tortishib qolardik. Men uning gaplarini aralashuv deb qabul qilardim, u esa mening nega bunchalik asabiy va ozgacha bolib qolganimni tushunolmasdi. Natijada oramizdagi masofa kundan-kunga kattalashib borardi.

Kechqurun hamma oz xonasiga kirib dam olayotgan edi. Men esa karavotimga chozilib, yangi ish va kelajakdagi rejalarim haqida oylardim. Agar ishga qabul qilishsa, oz pulimni topaman. Ozim xohlagan kiyimlarni sotib olaman. Hech kimga muhtoj bolmayman. Shu xayollar bilan yuzimga tabassum yugurgan edi.

Birdan eshigimiz qattiq taqillab qoldi.

 Men ochaman,  dedi otam va eshik tomon yurdi.Men bunga etibor ham bermadim. Ammo oradan kop otmay xonamning eshigi keskin ochildi.Boshimni kotarsam, qarshimda otam turardi.Uning yuzi qizarib ketgan, nigohlari esa gazabdan yonardi

Yuragim bezovta urib ketdi.

 Bahor, sen ish qidirib yurganmiding?  dedi u qattiq ohangda.

 Ha izlayotgandim,  dedim dovdirab.

 Nega menga aytmading?

Men indamay qoldim.

 Hozirgina qoshnimiz chiqib aytdi. Bahorga restorandan ish chiqibdi, emish. Shu rostmi?

 HaOtamning ovozi yanada balandlashdi. Men sening ishlashingga aslo ruxsat bermayman! Eshitdingmi? Men hali tirikman! Seni boqishga ham, kiyintirishga ham kuchim yetadi!Bu gaplar ichimda yigilib qolgan alamni uygotib yubordi.Kozlarimga yosh qalqdi. Nega?  dedim titroq ovozda.  Nega ishlamasligim kerak?

 Chunki sen hali yoshsan!

 Axir bu mening hayotim-ku!  deya baqirib yubordim.  Nega mening qarorlarimga doim aralashasizlar? Nega meni hech kim tushunmaydi? Men charchadim!Bu gaplar ogzimdan chiqqan zahoti xonada ogir sukunat chokdi.Otam menga tikilib qoldi.Goyo meni birinchi marta korayotgandek edi.Song birdan qattiq baqirib yubordi:

 Ochir ovozingni, Bahor!

Bu ovozdan yuragim seskanib ketdi.

 Mening gapimni ikki qiladigan darajaga yetdingmi?!Otam bir necha qadam menga yaqinlashdi.

Men esa joyimda qotib qolgandim.Bir tomonda qizini himoya qilmoqchi bolgan ota turardi.Ikkinchi tomonda esa tushunilishni istagan, qalbi yaralangan qiz.Ammo osha lahzada na u meni eshita olar, na men uni tushuna olardim. Ortamizdagi sukut yillar davomida yigilib kelgan alam va tushunmovchiliklardan qurilgan devorga aylanib ulgurgan edi.

 12

 Mayli, oyi, yaxshi dam olinglar,  dedim ichimdagi his-tuygularni zorga yashirib.

Shu zahoti xonamga kirib, eshikni sekin yopdim. Yuragim hayajondan tinmay urardi. Xayolim faqat ertangi kun bilan band edi.

Nima ish berisharkin?Qanday odamlar bilan ishlarkinman?Qolimdan kelarmikan?Savollar ketma-ket xayolimga kelardi. Ammo bitta narsaga ishonchim komil edi: men ishlashim kerak. Oz pulimni topishim, ozim xohlagan narsalarni sotib olishim va nihoyat mustaqil bolishim kerak edi.Osha kecha uzoq vaqt uxlay olmadim.

Ertasi kuni maktabga odatdagidan butunlay boshqacha kayfiyatda yol oldim. Anchadan beri ilk marta yuzimda tabassum bor edi. Kechagi gam-gussalar goyo bir muddat bolsa ham mendan uzoqlashgandek tuyulardi.Maktab hovlisiga kirishim bilan Nadzira meni korib qoldi.

U hayron bolib yonimga keldi

. Bahor, tinchlikmi? Kayfiyating juda yaxshi-ku. Biror yaxshi yangilik boldimi?  dedi u sinchkovlik bilan yuzimga qarab.

Men beixtiyor jilmaydim.

 Nega, mening kayfiyatim yaxshi bolishi mumkin emasmi?

 Bolishi mumkin, albatta. Shunchaki seni anchadan beri bunaqa kormagandim.

 Ishga joylashdim,  dedim faxr bilan.

 Nima? Rostdanmi?Nadziraning kozlari hayratdan kattalashib ketdi.

 Ha.

 Voy, zor-ku! Qanday ish ekan?

 Restoranga. Togrisi, ozim ham hali aniq bilmayman. Bugun darsdan keyin boraman. Oshanda hammasi malum boladi.Nadzira yuzida samimiy tabassum bilan dedi:

 Xayrli bolsin, Bahor. Men sen uchun juda xursandman.Bir lahza unga qarab qoldim.Negadir uning ovozida hech qanday masxara yoki kinoya yoq edi.Faqat samimiylik bor edi.

 Rahmat,  dedim sekin.

Darslar men kutgandan ham sekin otdi.Har safar soatga qaraganimda vaqt toxtab qolgandek tuyulardi. Aishaning sozlariga umuman etibor bermadim.Nihoyat oxirgi qongiroq chalindi.Men sumkamni oldim-da, restoranga qarab yol oldim.Yuragim tobora tez ura boshladi.Har bir qadamim meni yangi hayot sari olib borayotgandek edi.Restoran yaqinlashgani sari hayajonim yanada ortdi. Kaftlarim terlay boshladi. Barmoqlarim esa yengil titrardi.

Qorqma, Bahor.Sen buni uddalaysan.Ichimda ozimga dalda berib bordim.Nihoyat restoran eshigi oldiga yetib keldim.Bir necha soniya eshik qarshisida turib qoldim.Song chuqur nafas olib, eshikni ochdim.Ichkariga kirganimda atrofga qiziqib nazar tashladim. Restoran ichida yoqimli muhit hukm surardi. Xodimlar u yoqdan-bu yoqqa yurib, oz ishlari bilan band edi.Shu payt uzoqroqdan bir kishi menga qol silkidi.Bu Umar aka edi.U meni korib kulimsiragancha yonimga keldi.

 Bahor, yaxshi keldingmi?

 Assalomu alaykum. Ha, yaxshi keldim, rahmat.

 Juda yaxshi. Xosh, ishni boshlashga tayyormisan?

Yuragim yana tez urib ketdi.

 Ha, tayyorman.

Umar aka kulib qoydi.

 Ozing qanday ish qilishni xohlaysan?

Men yelka qisdim.

 Togrisini aytsam, farqi yoq. Nima ish bolsa ham qilaman.

Umar aka bir necha soniya menga qarab turdi.Song jilmayib bosh irgadi.

 Demak, mehnatdan qorqmaydigan qiz ekansan.

Men ham bosh irgadim.Chunki osha paytda bir narsani juda yaxshi bilardim:Bu ish men uchun shunchaki pul topish imkoniyati emas edi.Bu ozimni isbotlash uchun berilgan birinchi imkoniyat edi.

 13

 Mayli, unda ishni ofitsiantlikdan boshlay qolasan. Rozimisan?  dedi Umar aka dalda beruvchi tabassum bilan.

 Albatta, roziman,  dedim mamnun bolib.

Bir oz ikkilanib turdim-da, ichimdagi minnatdorchilikni aytishga qaror qildim.

 Umar aka, sizga bir gap aytmoqchi edim.

 Eshitaman, qizim.

 Menga ish berganingiz uchun katta rahmat. Rostini aytsam, siz bolmaganingizda bu yoshimda hech qayerdan ish topa olmasdim.

Umar aka yengil kulib qoydi.

 Arzimaydi, qizim. Lekin bir narsaga qiziqyapman. Notogri tushunmasang, nega bu yoshingda ishlashga bunchalik qiziqib qolding? Hali maktabda oqiysan. Ota-onang ham bor. Bilishimcha, oilaviy sharoitinglar ham yomon emas.Bu savolni eshitishim bilan yuragimda nimadir sanchilgandek boldi.U bilmasdi.Hech kim bilmasdi.Menga shunday tuyulardiki, ota-onam meni tushunmaydi. Ular doim hayotimga aralashadi, qarorlarimni cheklaydi, meni hali ham yosh bola deb oylaydi.Men esa allaqachon ulgayganimga ishonardim.Ozim pul topishni, ozimga kerakli narsalarni ozim olishni xohlardim.Lekin bularning birortasini Umar akaga aytmadim.Faqat yelka qisib qoydim.

 Men ishlashni xohlayman, xolos.. Ozimning nima qilayotganimni yaxshi bilaman.

Umar aka bir muddat menga tikilib turdi.Keyin bosh irgadi

 Mayli. Demak, qaroring qatiy ekan.

 Ha.

 Unda kiyimlaringni almashtir. Keyin ishni boshlayverasan.

 Xop boladi.

Umar amaki oz ishlari bilan ketdi.Men esa kiyim almashtirish xonasiga qarab yurarkanman, ichimda galati hislarni sezardim.Negadir bazan menga hech kim meni yaxshi kormaydigandek tuyulardi.Goyo hamma meni tushunmas, hamma mendan uzoqlashayotgandek edi.Lekin osha kuni bu haqda kop oylashni istamadim.Chunki nihoyat oz ishim bor edi.Bu esa men uchun juda katta voqea edi.Anchadan beri ilk marta ozimni foydali insondek his qilayotgandim.Yangi forma kiyib oynaga qaradim.Kozgudagi qiz osha eski Bahor edi.Ammo uning kozlarida nimadir ozgargandi.U yerda umid paydo bolgandi.Shu tariqa kunlar birin-ketin ota boshladi.Men yangi muhitga asta-sekin moslashdim.Ishning qiyinchiliklarini ham, zavqlarini ham organdim.Bazan charchardim.Bazan xatolar qilardim.Ammo taslim bolmasdim.Chunki bu ish men uchun oddiy ish emas edi.Bu ozimni topish yolidagi ilk qadam edi.Va eng qizigi,otam ham bu ishimga tabiiy qaradi, hayotimda juda muhim orin egallaydigan insonlar bilan ham aynan shu yerda tanishdim.Ularning ayrimlari menga kulishni orgatdi.Ayrimlari esa hayotning asl manosini anglashimga sabab boldi.Osha paytda esa men hali bilmasdim...Taqdir meni qanday uchrashuvlar va qanday sinovlar kutayotganini.

 14

Restoranda ishlay boshlaganimga bir necha hafta bolgandi. Bu vaqt ichida turli insonlarni uchratdim. Kimdir shoshilib kelardi, kimdir dostlari bilan kulib suhbatlashardi, yana kimdir yolgizlikni tanlab, bir piyola choy yoki qahva bilan xayollarga chomardi.Ammo ular orasida bir yigit bor edi.U boshqalardan nimasi bilandir ajralib turardi.Avvaliga bunga unchalik e'tibor bermagandim. Lekin vaqt otgan sari uning restoranga deyarli har kuni kelishini payqay boshladim. Qizigi, u doim bir xil paytda kelar, doim zalning eng chekkasidagi stolga otirar va kopincha bir piyola achchiq qahva buyurtma qilardi.Negadir uning kelishini kutadigan bolib qoldim.Har safar eshik ochilib, u ichkariga kirganida yuragim allanechuk bolib ketardi. Ozim ham tushunmaydigan bir hayajon butun vujudimni qamrab olardi.Uning ma'noli nigohlari, vazmin qadam tashlashi va kamgapligi meni oziga tortardi. Kozlarida qandaydir sir yashiringandek tuyulardi. Ba'zan u uzoqdan menga qarab jilmayib qoyardi. Osha oddiy tabassum ham kun davomida kayfiyatimni kotarib yurishga yet

hunday qilib, men sezmagan holda uning restoranga kirib kelishini kutadigan, u kelmagan kunlari esa nimadir yetishmayotgandek his qiladigan bolib qolgandim.

Bir kuni u odatdagidek eshikdan kirib keldi va har doimgidek eng oxirgi stolga borib otirdi...

 15

U yigit deyarli har kuni restoranga keladigan bolib qoldi. Avvaliga bunga unchalik etibor bermagan edim, oddiy mijozlardan biri deb oylardim. Lekin vaqt otgan sari uning kelishi odatga aylanib bordi. Har safar kirganida nigohim beixtiyor unga tushar, yuragimda esa tushunarsiz bir hayajon uygonardi.U doim eng chekka stolga otirar, sokin nigohlari bilan atrofni kuzatardi. Kop gapirmasdi, lekin qarashlari juda manoli edi.Uni nigohlarini meni kozim bilan korganingizda ediBazan men unga xizmat korsatganimda yengilgina jilmayib qoyardi. Osha oddiy tabassum ham butun kunimni ozgartirib yuborar edi.

Bir kuni u odatdagidek kirib keldi. Men uning yoniga bordim.

 Assalomu alaykum, xush kelibsiz. Bugun nima buyurtma berasiz?  dedim odatdagidek.

U menga bir lahza tikilib turdi.

 Salom, Bahor...  dedi u sekin ovozda.

Ismimni aytganidan yuragim hapriqib ketdi.

 Menga faqat bir piyola kofe bering,  dedi u. Song qoshimcha qildi:  Va sizga bir gapim bor.

Men hayron bolib qaradim.U biroz sukutdan song, juda jiddiy ohangda gap boshladi:

 Men sizni anchadan beri kuzataman... Togrisini aytsam, siz menga yoqasiz, Bahor.

Bu sozlarni eshitganimda yuragim bir zum toxtab qolgandek boldi.Oximni qanday tutushni bilmas edim chunki uni oldiga borganda ikki yuzim qizarib yuragim odatdagidanda tez urar edi.

 Men...  deb gap boshlamoqchi boldim, lekin tilim aylanmay qoldi.U esa davom etdi:

Mening ismim Miran.  Agar qarshi bolmasangiz, bugun kechqurun soat yettida sizni shu yer oldida kutaman. Siz bilan koproq gaplashmoqchiman.Shunday dedi-yu, hisobni qoldirib chiqib ketdi.Men esa qotib qolgancha ozimga kelolmay turardim.Shu payt yonimga Leyla keldi.Leyla men bilan birgikda ishlaydigan qiz edi.Hozircha restoranda faqat Leyla bilan yaxhsi kelisha olar edim

 Bahor, nima boldi? Nega bunaqa hayron turibsan?  dedi u.

Men hayajon bilan hamma gapni aytib berdim: uning har kuni kelishi, sevgi izhor qilgani va uchrashuvga taklif qilgani haqida.Leyla esa avvaliga jim qoldi.

Keyin uning yuzi ozgardi.

 Nima?!  dedi u keskin ohangda.  Sen rostdan ham bunga ishonmoqchisanmi?

 Nega ishonmasligim kerak?

 Bahor, sen juda sodda oylayapsan! Bularning hammasi oddiy oyin bolishi mumkin!Uning ovozi tobora qattiqlashib borardi.

 U seni shunchaki aldashi mumkin! Sen uni umuman tanimaysan!

Bu gaplarni eshitib, ichimda galati norozilik uygondi.

 Sen doim meni qorqitasan, Leyla!  dedim jahlim chiqib.  Men sendan maslahat soraganim yoq!

Leyla bir lahza jim qoldi.Kozlarida ham hayrat, ham gazab aralash edi.

 Mayli, ozing bilasan, Bahor...  dedi u sovuq ohangda va ortiga ogirilib ketdi.Men esa ichimda ikki xil his bilan qoldim.Bir tomonda  umid.Ikkinchi tomonda  shubha.Va osha shubha meni kechqurungacha tinch qoymadi...Leyla ham meni kuechqirungacha fikrimdan qaytarishga urundi ammo foydasiz urunishlar boldi

 16

Kech allaqachon tushib bolgan edi. Osmon qoraygan, kocha chiroqlari birin-ketin yonib, atrofga xira nur sochardi. Men esa restoran oldida yolgiz turardim.Miranni kutyapman.U kelarmikin?Yoki bu ham shunchaki bir lahzalik soz bolib qolarmikin? Shu oylar miyamni tark etmasdi.Vaqt otayotganini his qilardim. Yuragim asta-sekin siqila boshladi."Nega kelmayapti?""Men ozimni aldagan bolsam-chi?"Shu payt ortga qaytmoqchi bolib turganimda, orqamdan qadam tovushi eshitildi.Men darhol ogirildim.U edi.Miran.U sekin yaqinlashib keldi. Kozlarida odatdagidan boshqacha sokinlik bor edi.




  .


   .

   ,     (https://www.litres.ru/book/gulhayo-gulomjonova/together-with-happiness-74141188/)  .

      Visa, MasterCard, Maestro,    ,   ,     ,  PayPal, WebMoney, ., QIWI ,       .


