28 Nakshatra haqida

- -
- 100%
- +
2- chi pada (26°40’-30°00’,, Buqa, Navamsha Qo‘zi, Merkuriy boshqaruvi) Ushbu pada egalariga tahlil qilish va hisob-kitob qilish qobiliyati xos. Ular zo‘r nutq so‘zlovchilar va sayohatga moyil kishilar. Bu pada intelektual qobiliyatlarni beradi va hissiyotlar bilan ong o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi.
3- chi pada (0°00’-3°20’, Egizaklar, Navamsha Tarozi, Venera boshqaruvida) Bu pada tinchlikparvar, diplomat va hamkorlikka tayyor shaxslarni ifodalaydi. Ular shubhali va ba'zan sirli vaziyatlarga tortilishi ham mumkin, yoshlikda romantik munosabatlarga moyil bo‘lishadi.
4- chi pada
(3o20,–6°40’, Egizaklar, Navamsha Chayon, Mars boshqaruvi) Ushbu pada egalarida aql va bahslashish qobiliyati kuchli. Ular sirli va boshqalarni boshqarishga moyil bo'ladirlar. Salbiy xususiyatlar ham ko'zga tashlanadi, ammo dono va rivojlangan ruhiy faollik darajasini uyg'unlashtiradi. Tadqiqotchi, psixolog, astrolog yoki terapevt ifatida muvaffaqiyatli bo'lishlari mumkin.
Mrigashira padasini mos tovushlari va mantarasi:
Birinchi pada: «Ve»
Ikkinchi pada: «Vo»
Uchinchi pada: «Ka»
To'rtinchi pada: «Ke»
Mrigashira mantarasi: «Om Em»

Kasblar
San’atkor va tilshunoslar. Ilm-fan, qimmatbaho toshLar va qishLoq xo‘jalik mahsulotlari faoLiyati biLan shug'ullanuvchilar. Savdogarlar, Mato va tikuvchilik sanoatida faoliyat yuritadiganlar, dizayn va moda mutaxassislari. Veterinariya sohasidagi mutaxassislar. Reklama mutaxassislari, administratorlar, landshaft dizaynerlari. Dehqonlar, bog‘bonlar va o‘rmon xo‘jaliklari mutaxassislari. Ko‘chmas mulk sohasida ishlab, xarita tuzuvchi va navigatorlar. Sayohatchilar, tadqiqotchilar, ekstrasenslar va astrologlar; O‘qituvchilar.
Joylar
Ushbu nakshatra bilan quyidagi joylar bog‘liq: O‘rmonlar, dalalar, yaylovlar, kiyiklar uchun qo‘riqxona, kichik qishloq va shaharlar; Yotoqxonalar, bolalar o‘yin maydonchalari, bog‘chalar, dam olish xonalar va ko‘ngilochar maskanlar; Ko‘cha, yo‘l, bog‘lar, rassomlar ustaxonalari; Kichik do‘konlar, bozorlar va savdo joylari; Ekstrasenslar va astrologlar klublari; Mrigaşiraning asosiy elementi Yer bo‘lib, bu uning jismoniy va moddiy natijalarga tez erishishiga imkon beradi. Bu nakshatra badiiy iste’dodlarga boy va o‘ziga xos aql-idrokka ega.
Xarakter
Mrigaşira mushtarak, tekis nakshatra hisoblanib, ekstremal energiyalardan yiroq bo‘lib, kengayish va torayish o‘rtasida muvozanat izlaydi. Uning xarakteri yumshoq va nazokatlidir, hayotdan zavq olishga moyildir.
Oy oyi va kunlari
Mrigaşira lunoyining birinchi yarmiga taaluqli bo‘lib, dekabr oyiga to‘g‘ri keladi. U Arghayana deb ham ataladi va qadim zamonlarda yil boshining belgisi hisoblangan. Hozirgi kunda esa yil boshi Chitra oyiga to‘g‘ri keladi.
Mrigashira Guna (tabiat), Tatva (element) va Gana (temperament)
Mrigaşira tamasiga mansub tabiatga ega bo‘lib, bu atama salbiy ma’noda emas, balki uning ilohiy tomonini anglatadi. Tamasic energiya Mrigashira Mars bilan bog‘liqligi bilan izohlanadi. Bu sayyora vedik bilimlariga ko‘ra tamas sifatida tavsiflangan.
Viramhira o‘z fikrida Mrigashiraning o‘ziga xos paradoksal, bir vaqtning o‘zida hissiyotga, boy aql bilan sukut saqlashga intiluvchi, izlanuvchan va mulohaza yurituvchi qiyofasini ta’kidlagan.
6- chi Nakshatra Ardra

Osmondagi Joylashuvi
Ardra Rahu energiyasining manbai bo'lib, Orion yulduzlar to'plamining yuqori chap burchagida joylashgan yorqin yulduzdan iborat. Bu yulduz zamonaviy astronomiyada Betelgeuse (a Orion) deb tanilgan. U 0,57 yulduz kattaligi 4 bilan ko'rinadigan porlashi bilan tungi osmondagi yorqin yulduzlardan biridir. Ko'plab qadimiy madaniyatlarda. Betelgeuse juda muhim yulduz sifatida e’zozlangan, chunki u sayyoramizga kuchli ta’sir ko'rsatishlari taxmin qilingan. Qadimiy vedik ko'ruvchilar bu yorqin qizil yulduzni Rudraning – Shivaning qizg'in shaklini – joyi deb hisoblashgan.

Nomining ma’nosi
"Ardra" so‘zi "yashil", "yangilangan", "nam" degan ma’nolarni bildiradi. Bu o‘zgarish va yangilanish energiyasini anglatadi. Namlik ko‘z yoshlari va yomg‘ir bilan bog‘liq bo‘lib, ular yer yuzidagi hayotni yangilaydi. Nakshatraning ramzi sifatida ko‘z yoshlari va olmos mavjud.
Ramzi
Ardraning asosiy ramzi ekstremal sharoitlarda shakllangan olmos, u bilish va bilimni ifodalovchi yorqin, qattiq va murakkab obyektdir. Alternativ ramzi esa inson boshidir, bu aqlli va fikrga boy tabiati ramzidir. Bu nakshatra insonning aql-zakovati, sezgirligi va muammolarni yechish qobiliyatini ta’kidlaydi.
Xarakter va tabiati
Ardra uyg‘otuvchi bo‘ron energiyasiga ega, u o‘tgan tajribalarni tozalab, yangi bosqichga olib chiqadi. Nakshatrada tug‘ilganlar kayfiyati tez o‘zgaruvchan, chuqur fikr yurituvchi va ehtirosli bo‘lishi mumkin. Ular tahlilchi va tadqiqotchi xislatlarga ega, ilm-fan va sirlarni aniqlashga qiziqadi. Ardra keskin va juda ham kuchli nakshatradir. Bu uning boshqaruvchi Xudosi – G‘azab Xudosi Rudra xarakterini hisobga olganda aniq ko‘rinadi. U yashirin va keskin harakat qiladi, ilon tezlik bilan chaqqanidek. Bu yerda Rahu ham qattiq sayyoradir. Hatto yaxshi natijalar kutilmaganda va keskin keladi. Chaynalgan, sarqit va azob beruvchi voqealar Ardra bilan bog‘liqdir.
Xudo va astronomik aloqa
Bo‘ron va vayronkorlik ilohi Rudra tomonidan boshqariladi. Ardra Orion yulduzlar to‘plamidagi bo‘ron oldi kuchayishni bildiradi. Bu nakshatra insoniyat rivojiga yordam bo'lishini beradigan o‘zgarishlarni boshqaradi va ba’zan bu o‘zgarishlar qattiq kelishi mumkin.
Ardra nakshatrasi padalari
1- chi pada (6°40–10°00, Navamsha Qovg‘a, Mars boshqaruvida) Ushbu padada Ardra tadqiqotchi, qiziquvchan va moddiy isroflarga moyil tabiiy xislatlar mavjud. Bo‘ronning boshlanish nuqtasi sifatida qaraladi.
2- chi pada (10°00–13°20 Navamsha Qovg‘a, Rahu boshqaruvi) Materialistik qiziqishlar kuchli, lekin umidsizlik va muammolar mbo‘lishi mumkin.
3- chi pada (13°20–16°40 Navamsha Qovg‘a, Merkuriy boshqaruvi) Ilmiy faoliyat va elektr energiyasi bilan bog‘liq pada. Ilmga muhabbat va yangilikka ishtiyoq bilan ajralib turadi.
4- chi pada (16°40 –20°00 Navamsha Baliq, Oy boshqaruvi) Sezgir va rahmdil xarakter, boshqalarga yordam berishga intilish kuchli. Bo‘ron tugaydi, va sharoit o‘zgarib vaziyat yumshoq va tinchlashadi.
Kasblar
Elektr va kompyuter muhandislari
Dasturchilar
Ovoz texniklari
Musiqachilar (ayniqsa elektron musiqada),
Tilshunoslar
Qurol mutaxassislari
Fotografchilar
Kino efekti mutaxassislari
O‘yin dizaynerlari
Ilmiy fantastika ixlosmandlari
Tadqiqotchilar
Olimlar
Yozuvchilar
Jarrohlar
Psixoterapevtlar
Kimyo va yadroviy sanoat ishchilari Shuningdek kriminal va qonuniy sohalarda faoliyat yurituvchilar.
Joylar
Momaqaldiroq, bo‘ron va tornado sodir bo‘ladigan joylar.
laboratoriyalar.
Radio va televideniye stansiyalari.
Yadroviy elektr stansiyalari, harbiy bazalar va qurol omborlari mavjud.
Guna va element
Ardra tamasik guna Rahu bilan bog‘liq bo‘lib, xaos va buziLishlarni ifodaLaydi. Elementi suv,-hissiy kuch va intellektualizmni aks ettiradi.
Temperament (Guna)
Manushya (insoniy) nakshatra bo‘lib, Merkuriy bilan bog‘liq. Ardra erkin fikrlash va moddalik bilan bog‘lanuvchi hayot qonunlarini, insoniyat va Yer o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettiradi.
Yo‘nalish va haqiqiy tajriba
Ardra yuqori intellektual chaqiriqlar va murakkab hayotlik bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lib, insonlarni sinov va o‘zgarishlarga tayyorlaydi. Rudra Xudosi orqali kuchli va keskin energiyalarni yuboradi.
Oy oyi va kun
Nakshatra Marghashirsha oyining ikkinchi yarmi (taxminan 9 kun) bilan bog‘Liq bo‘lib, bu davr asosan dekabr oyiga to‘g‘ri keladi. Ardra Ekadashi (11-tithi yoki oy kuni) bilan ham bog‘liq.
Foydali faoliyatlar
Ardra ayniqsa kasblar va joylashuvlar bilan bog‘liq faoliyatlar uchun foydalidir. Eski binolarni buzish, eskirgan narsalar va odatlardan qutulish kabi destruktiv faoliyatlar uchun mos keladi. Yashirin, chuqur muammolar va qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelishlik, shuningdek, nazorat qilinadiga sohalarda tadqiqot va ijod uchun yaxshi. Rudra va Kali kabi kuchli g‘azablangan Xudolarni tinchlantirish uchun ham mos keladi.
Noqulay faoliyatlar
Ardra har qanday yangi boshlanishLar uchun noqulay hisoblanadi. Umuman olganda, nikoh tuzish, sayohat qilish, sovg‘alar berish va olish, diniy marosimLar o‘tkazish kabi ijobiy faoliyatLar uchun Ardra noqulay vaqt hisoblanadi.
Ardra uchun asosiy boshqaruvchi sayyora
Rahu hisobLanadi, ammo Rahu va Merkuriy o‘rtasidagi birgalikdagi ta’siri ham muhimdir. Bu ikki intellektual sayyoralar, hayot va tabiatning ikkiyuzliligiga Ardrada tug‘ilganlarning intellektual va to‘g‘ri fikrlash qobiliyatlarini oshirib beradilar, shuningdek, muloqot, mulohaza yoki qo‘l mehnati bilan bog‘liq faoliyatlarga jalb qilishni kuchaytiradi. Bu aqliy va asab energiyasini ko‘pligini ta’minlab, zargarlik, ko‘p qirralilik, fikr tezligi va muloqot qobiliyatLari kabi Merkuriy sifatlarini beradi. Ardra intellektualizmi marvarid kabi ko‘p qirrali va har joyda mavjud bo‘ladi. Rahu-Merkuriy ta’sirining salbiy jihati shundaki, odam o‘z qobiliyatlarini noto‘g‘ri yo‘nalishda ishlatishga moyil bo‘lishi mumkin, egoistik maqsadlarga erishishlikda yoki boshqalarga zarar yetkazishlik uchun. Ba’zi bir holatlarda intellekt shunchalik buzilib ketadi-ki, odam jinoyat harakatlarini amalga oshirishlarida jinoyatining oqibatlari yaxshilikka olib kelmaslig xam o’tirmaydi. Shu bois Ardra ta’sirida amalga oshiridigan har qanday ishda ehtiyot bo‘lish kerak.
Ovozlar va harflar
Birinchi pada 6°40’-10°00’ «Ku»
Ikkinchi pada 10°00’-13°20’ «Kha»
Uchinchi pada 13°20’-16°40’ «Ne»
To‘rtinchi Pada 16°40' – 20°00' "Su"
Jinsiy tur va moslik
Nakshatra bilan bog‘liq hayvon – it hisoblanadi. Bu it agressiv ulovchi it, do‘stona it emas! Itlar jinsiy faol hayvonlar bo‘lib, Ardra jinsiy istaklarga haddan tashqari berilib ketishi mumkin.
Ezoterik ma'nosi
Bugungi kunda Orion yoki Ovchi sifatida tanilgan yulduzlar to‘plami qadimgi misrliklarning katta qiziqish ob’ekti bo‘lgan. Vedik mifologiyada unga alohida ahamiyat berilgan. Ushbu yulduzlar to‘plami Mrigashira va Ardra ikkita nakshatradan iborat. Mrigashira yulduzlar to‘plamining old qismida, Yoyning kamonini hosil qiluvchi uchta yulduz bilan belgilanadi. Ardra esa Orion yulduzlar to‘plamining yuqori chap qismida joylashgan Betelgeuse yorqin yulduzi bilan belgilanadi. Ardra Rahu tomonidan boshqariladi, bu esa Rahu va Orion o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Ba’zi vedik olimlarga ko‘ra, BeteLgeuse Shiva makoni hisoblanadi. Orion esa Shiva ovchi qiyofasida bo‘lib, u o‘z o‘qini Brahmaning boshidan mahrum qilganda paydo bo‘lgan. Rudra, Shivaning g‘azablangan shakli, Ardraning boshqaruvchi ilohi hisoblanadi. Rahu va Shiva vedik uchlikdagi halokatchi va yaratuvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydilar. Rahu va Shiva qarindosh bo'lib, Shiva Rahuning onasining singlisini eri hisoblanadi. Ularning o‘zaro uzviy aloqasi Rahuni Qo‘vg‘aning boshqaruvchi sayyorasi qilinishiga sababdir. Ular “elektr ko‘k” rangini baham ko‘radi, bu esa Qo‘vg‘a bilan bog‘liq rangdir.

Orionning ahamiyati Orion yulduzlar to‘plami To‘lg‘on va Egizaklar burjlari o‘rtasida, galaktik eshiklarning markazida joylashganligi bilan ajralib turadi. Astronomik ma’noda, bu eshiklar bizning galaktikamiz markazidan yo‘nalishni ko‘rsatadi va shuning uchun galaktikamizga kirish sifatida qaralishi mumkin. Shu sababli vedik matnlarda Orion Pradjapati insoniyatning ajdodi sifatida tasvirlanadi. Qadimgi misrliklar esa Orionni Osiris deb hisoblashgan insoniyatning otasi sifatida. Kechki osmonda Orion Siriusga juda yaqin joylashgan u esa bizning Quyoshimiz atrofida aylanayotgan yulduzdir.
Viramhira shunday deydi: Ardrada tug'ulganlar, tezlikda g‘azablanadigan va notinch bo'lishadi. U o‘zgarish va qiyinchiliklarni keltiradi, lekin o‘sish va yangilanishga yo‘l ochadi.

7 chi Nakshatra (Yulduz) Punarvasu

Osmonda
20°00' Egizaklar – 3°20' Qisqichbaqa. Punarvasu Yupiter energiyasining ildizi bo‘lib, zamonaviy astronomlar tomonidan Kastor va PoLLuks deb ataLadigan Egizaklar yulduzlar to‘plamidagi ikki yorqin yulduzlardan iboratdir. Ularning vizual magnitudasi mos ravishda 1,58 va 1,22 bo‘lib, tun osmonida yaxshi ko‘rinadi. Ushbu yulduzlarni Orionning yuqorisidagi chap burchagida, Egizaklar to‘plamida topish mumkin. Eng qadimiy madaniyatlarda bu to‘plam egizaklar (aka-uka yoki sevgililar) sifatida qaralgan. Biroq, qadimiy vedik ko‘rishlarda ular o‘q bilan toldirilgan qurol sifatida tasvirlangan.
Yo‘nalishi
Asosan, Punarvasu nakshatrasi g‘arb, shimol va shimol – sharq o‘rtasidagi kesimga tegishlidir. Punarvasu o‘rtacha nakshatra hisoblanadi – juda kengaytirilgan emas va juda siqilmaydigan ham emas. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, uning vakillari muvozanat va aql-idrok hissiga ega. Uning tabiati va harakatidan ko‘rinib tu ribdiki, Punarvasu juda muvozanatli va aql-idrokli bo‘lib, bu ta’rifga to‘liq mos keladi. Yana bir nuqtai nazar – o‘qchi uchun maqsadni urish uchun tananing tekis holati va ongning barqarorligi zarurdir. Punarvasu nakshatra harakatlanuvchi (Chara) hisoblanadi. Punarvasu har qanday harakat turlarii bilan bog'liq, va ayniqsa boshlanadigan joydan tugaydigan harakatlar bilan. Bu harakatlanuvchi nakshatrlar orasida birinchisi hisoblanadi, garchi Mrigashira haqida ham ma’lum ma’noda harakatlanuvchi sifatida gapirish mumkin.

Nomlanishi
Punarvasu so‘zi «yana yaxshi», «yana boy» yoki «ko‘rinadigan cheksizLik» deb tarjima qiLinadi. “Vasu” barcha yaxshi sifatlarni o‘zida mujassam etgan yuqori kuchlarlarni anglatadi – yaxshilik, kuch, farovonlik. “Punarvasu” atamasi «yana Vasu bolish» ma’nosini beradi. Bu ikki ma’nolar xam yorug‘likdan qorong‘Uikka o‘tish va ijobiy o‘zgarish hissini o‘z ichiga oladi. Ushbu ikkiyuzlilik va qarama-qarshiliklar o‘zaro ta’siri Punarvasuning mohiyatini tashkil etadi. «Ko‘rinadigan cheksizlik» ma’nosi esa yanada chuqurroq bo‘lib, Xudoga bog4iqdir.
Gotra (Koinot nasl-nasabi)
Punarvasu nakshatrasi donishmand Ketu sayyorasi bilan bog‘liq. U bizning galaktikamizni kuzaradigan yetti osmon donishmandlaridan biridir. Bu donishmandning ismi «ilhomlantiruvchi» deb tarjima qilinadi.
Ijtimoiy guruh (kasta)
Vayshyam—savdogarlar kastasiga tegishlidir. Ushbu tasnif, albatta, bu nakshatrani, savdogarlar homiysi Merkuriy bilan yaqin aloqasidan kelib chiqadi. Punarvasu barcha sharaf va yaxshiliklar mantiqiy chegaralar ichida joylashgan. Punarvasu o‘zaro almashuv asosida ishlaydi. Zamonaviy dunyoda xayr- ehson juda o‘ylangan bolishi kerak, chunki odamlar bundan tez-tez foydalanishadi. Ehtimol, o‘zaro almashuv printsipiga sodiqlik Punarvasu ta’sirida bo‘Lgan odamlar hech qachon qo‘llarini kuydirmasligini ta’minlaydi. Shu sababli, Punarvasu eng xavfsiz nakshatra deb hisoblanadi.
Jins
Punarvasu erkak nakshatrasi hisoblanadi. Bu tasnif, ehtimol, unga erkak sayyora Yupiterning kuchli ta’siridan kelib chiqadi. Punarvasu Aditi ayoL o'q tabiatiga egabo‘Lsa-da, uning tabiyati va harakati erkaklardir —bu nakshatraning tasviridan, otayotgan bola kabi ko‘rinadi.
Ramzi
Punarvasuning eng keng tarqalgan simvoli, o‘q bilan to‘ldirilgan qurol. Ba’zan simvol sifatida bitta o‘q qabul qilinsa-da, har holda ushbu nakshatraning ramzi o‘qlarni o‘z ichiga oladi. O‘qlar an’anaviy ravishda inson tabiatiga va sifatlariga bog‘liq – ehtiros, ambitsiyalar o‘qi, Amor o‘qi va, albatta, vaqt o‘qi. Ushbu holatlarning barchasida o‘q har doim harakat, intilish yoki maqsad bilan bog‘liq. Punarvasu qulidagi o‘qlar oddiy o‘qlar emas. Ular qadim zamonLarda ishlatilgan ilohiy qurollardir. Bu quroL o‘z vazifasini yoki missiyasini bajargandan so‘ng sehrli tarzda egasiga qaytariLgan. Bu qayta tug‘ilish, yangilanish va cheksiz boshlanish g‘oyasini ifodalaydi. Ushbu yuLduz to‘plamining yana bir ramzi uy bo‘lib, u xavfsizlik g‘oyasini takrorlaydi. Punarvasu harakat, harakatchanlik va qidiruv bilan bog‘liq ekanligini osonlik biLan anglash mumkin.
Punarvasu va uning energiyasi
Punarvasu energiya va resurslarimizni o‘z ichiga oladi. Biz o‘zimiz maqsad va vaqtni tanlashimiz mumkin, qachonki ulardan foydaLanishga qaror qilganimizda. Punarvasu har doim o‘z missiyasini tugatgandan so‘ng to‘liq qaytish bilan ajralib turadi. Ushbu missiya do‘konga borish kabi oddiy bo‘lishi mumkin yoki Everestni zabt etish kabi qiyin bo‘Ladi. Missiya har qanday darajada bajarilishi mumkin – jismoniy, aqliy, hissiy, astral (ruhiy) yoki sababiy. Punarvasuning asosiy vazifasi jo‘nash nuqtasiga xavfsiz qaytishni ta’minLashdir. Shuning uchun dono odamlar nazarida Punarvasu xavfsizlikning sinonimi sifatida qabul qilinadi. Odatda, Yoy yulduzlar to‘plami bilan bog‘liq barcha sifatlar, o‘q bilan ramzlangan bo‘lib, Punarvasuga ham tegishlidir. Sayohat har doim boshLanadigan joyda tugaydi degan tushuncha bizni doira, sikl g‘oyasiga olib keladi. Vaqt va haqiqat aylanishli, chiziqli emasligi zamonaviy dunyoning ko‘plab qismida (xudud) qabul qilinadi. Zamonaviy Darvin evolyutsion nazariyasi insoniyat erkin ravishda tabiiy tanLov natijasida rivojLanishini ta’kidLaydi. Bu odamlarning har bir avlod osha aqlliroq anglatadi. Nazariya biz chiziqli va oldinga harakatlanayotgan vaqt ichida doimiy taraqqiyot holatida ekanligimizni ta’kidlaydi. Ammo qadimiy tsivilizatsiyalar vaqtning aylanishli ekanligini, tabiatning o‘zini doimiy ravishda qayta tiklanayotganini va bu jarayonlarning doimiy va davomiy takrorlanaverishini bilishgan. Ular vaqtni ko‘proq spiral, masalan, DNK zanjiri, genetik kod shaklida emas, balki doira tuzilishida ko‘rganlar. Abadiy haqiqatni tasvirlash uchun esa doimo doira ramzi ishlatilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Shatabhisha (24-nakshatra) va Punarvasu – koinot funksiyasining ushbu aylanishli va doiraviy jihatini ochib beruvchi ikki asosiy nakshatra hisoblanadi.
Boshqaruvchi Xudo
Punarvasu nakshatrasining asosiy boshqaruvchi Xudosi – Aditi, 12 Aditya (Quyosh Xudolari)ni onasi hisoblanadi. Aditi so‘zi «cheksiz» deb tarjima qilinadi va uni ko‘pincha mo‘l-ko‘llik Xudosi sifatida tasvirlashadi. U koinotdagi barcha ilohiy mavjudotlarning onasi deb ataladigan Osmon Xudosi hisoblanadi. Shunday qilib, Aditi butun koinot bilan chambarchas bog‘liqdir. Biz bilganimizdek, namoyon bo‘lgan koinot asosan fazo va vaqt o‘zaro ta’siridan tashkil topgan. Fazo va vaqt cheksizlik sifatiga ega bo‘lib, ularga cheksiz deb qarash mumkin. Bu nuqtai nazarda qaraganda, Punarvasu yulduzi nomi «ko‘rinadigan cheksizlik» degan aniq ma’noni anglatadi. Biroq, haqiqatda vaqt va fazo ma’lum bir ma’noga ega bo‘lib, avvalgi tavsiflangan tabiatning aylanishli jihati biLan cheklangan. Aditi yoki fazo har qanday harakat yoki rivojlanish biLan bog‘liqdir. Agar fazo bo‘lmasa, harakat ham mavjud bo‘lmaydi. Aslida, bunday sharoitda mavjudlik tushunchasi bo‘lishi mumkin emas. Fazo doimo qabul qiluvchi, ayol printsipi sifatida qaraladi va erkak energiya sifatida qabul qilingan vaqtga qarshi turadi. Ushbu fikrga ko‘ra, Aditi – uning singlisi Diti bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha mavjudotlarning onasidir. Diti cheklangan makon koinotdagi barcha ilohiy kuch bo‘lmagan, demonik mavjudotlarning onasidir. Diti, tun kabi, qorong‘u, sirli va yovuz tabiat tomonlarini o‘z ichiga olgan qorong‘u makon sifatida ko‘riladi. Aditi esa quyosh nuri bilan to‘ldirilgan kun kabi, tabiatning yaxshi tomonini e’lon qiluvchi makon ila bog‘liqdir. Aditining Punarvasu bilan boshqarilishi onalikni, g‘amxo‘rlik, aqllilik, murosaga ega bo‘lga energiyani ta’minlaydi. Barcha narsani o‘z ichiga olgan makon kabi, Punarvasuda tug‘ilgan odamlarni, vaziyatlar, sharoitlar va energiyalarni o‘z ichiga oladi.
Tabiati va xarakteri
Koinotdagi narsalar sxemasida Punarvasu «vastuva prapana shakti» narsalarni olish yoki qaytarib olish kuchi bilan bog‘liqdir. Asosiy mavzu— triumfal qaytish yoki yangilanishdir. Ardra’dagi maqsadga yetib boradigan o‘q endi orqaga qaytmoqda. U bulutlar va yomg‘ir oLib keladigan shamol bilan ramzlanadi va o‘simliklarni sug‘oradi. Yomg‘ir kabi, Punarvasu qayta tug‘ilish va yangilanishni olib keladi. Boshqa bir ko‘rinish, yomg‘ir o‘tib ketgach, bulutlarni olib ketadigan shamol. Punarvasu tabiati va harakatining mohiyati ikki so‘zda ifodalanadi: «ovqatlantirish» va «garmoniya». U bo‘ronlardan keyin birinchi yorug‘likni ifodalaganligi sababli, Punarvasu garmonik sharoitlarni ifodalaydi. Tabiat bo'ronlardan keyin eng garmonik ko‘rinadi, qushlar qo‘shiq aytganida va yangilangan yerning yangi hidi havoda titraganda. Punarvasu hayotning barcha sohalarida farovonlik va g‘alaba taqdim etadi. Uning ichki tinchligi va kuchli ta’sirida bo‘lganlarga qoniqarli odamlarni beradi, va ular qoniqishga osonlikda erishadilar. Ular oddiy ruhiy hayotga ishonadilar va o‘zlarining evolyutsiya jarayoniga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy energiyalardan, negativ his-tuyg‘ulardan, agressiv emotsiya va fikrlardan qutulishga harakat qiladilar.
Punarvasu ta’siridagi odamlarning tabiati
Odatda, Ardraning aqliy kuchidan mahrum bo‘lib, hayotga ancha sodda xoldagi munosabatlarda bo‘ladilar. Ular oldindan ko‘rishlik, sezishlik, tubdan eshita olishlik qobiliyatidan mahrum bo‘lishlari mumkin, bu ularning qiyinchiliklarini yaratadigan salbiy sifatdir. lek ular undan qutulishga intiladilar. Aslida, «xavfsizlik» Punarvasu nakshatrasining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ushbu nakshatra ta’sirida bo‘lganlar jiddiy baxtsizliklardan osonlik bilan qochishadi. Masalan, Punarvasuda joylashgan Ascendent egasi odamni har qanday jiddiy kasallik, baxtsiz hodisalar, jarohatlar va boshqa zararli holatlardan himoya qiladi. Umuman olganda, ko‘tarilishlar, pasayishlar va sarguzashtlarga boy, qulay hayot kechiradilar. Ushbu odamlar odatda o‘z uylarigabog‘langan bo‘lsalar-da, zarur bo‘lganda sayohat qilishga tayyor bo‘ladilar. Ayniqsa salbiy holatlarda bunday odamlar sayohatga borgan joylarida butunlay qochishlari mumkin. Ko‘pincha ular hayotlarini umidsizlik va chalkashlik bilan yakunlaydilar, chunki ular o‘z hayotdagi yo‘llarini kuzatishdan qochadilar. Punarvasu ta’sirida bo‘lgan odamlar extiyotkor bo‘lishlari kerak. Ularning ichki yo‘nalishi ularni maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan intilish va diqqatni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Bu odamlar ko‘pincha-«Nima uchun?» yoki «Nima uchun xavotirlanish kerak?» kabi savollarni berib, o‘z harakatsizligiga falsafiy asos topishga harakat qiladilar. Yuqori nuqtai nazardan, Punarvasu maqsadga erishish qobiliyatini beradi, bu esa uning erishish murakkabligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Punarvasu rivojlangan turi va xususiyatlari
Malakali o‘quvchi tomonidan otilgan o‘q kabi, rivojlangan Punarvasu turi har doim belgilangan maqsadga erishadi. Punarvasu ta’sirida bo‘lgan odamlar juda g‘alati xususiyatga ega, ularning har bir harakati odatda ikki urinishda amalga oshadi. Odatda, ilk urinishda ular muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar yoki uzoqqa borishmaydi. Ammo ikkinchi marta urinib ko‘rishganida, har doim muvaffaqiyatga erishadilar. Bu xususiyat Kastor va Polluksning qarama-qarshi tabiati bilan bog‘liq bo‘lib, ular Punarvasu yulduzlar to‘plamini tashkil etadi. Ushbu yulduzlar to‘plami egizak birodarlar sifatida tanilgan, biri – Kastor, yovuz va shafqatsiz, ikkinchisi—Polluks, sharafli va dono. Odatda, yulduz Punarvasu ta’siridagi odamlar birinchi urinishdayoq birodar (Kastor) bilan, ikkinchi urinishda esa ikkinchi birodar(Polluks) bilan uchrashadilar. Kastor bunday odamlar uchun yo‘qotishlar keltiradi, Polluks esa yo‘qotilgan narsalarni qaytaradi. Shunday qilib, Punarvasu, «yana yaxshi» degan ma’nosi bilan, barcha takrorlanishlar va aylanishlar turlariga taalluqlidir. Salbiy jihatdan, Punarvasuning ta’sirida bo‘lgan odamlar hech narsani tashlab qo‘ymaydi, chunki ular buni kelajakda maqsadga erishish uchun zarur deb hisoblaydilar. Biroq, rivojlangan ruhlar, o‘zlarining foydaliligini tugatgan narsalarni qo‘yib yuborishni bilishadi va buni amalga oshiradilar.