- -
- 100%
- +
Harakat xarakteri
Punarvasu passiv, bo'shliq mavjudot hisobLanadi. Uni harakatga keltiradigan narsa bo‘lmaguncha, Punarvasu falsafasi odatda «shunchaki bo‘l» degan holatda bo‘ladi. O'z yo‘lingizga rioya qilish va sizga mo‘ljallangan narsani amalga oshirish uchun jasorat talab etiladi. U aynan mana shu sifati bilan barakali yaratilgan. Biroq, salbiy jihatida inson o‘z missiyasini bajarishga, hayot maqsadiga erishishga kechikishi mumkin, bu ortiqcha idealizm yoki oddiy dangasalik tufayli sodir bo‘ladi. Odatda, o‘q muammosiz uchadi, qattiq tortilgan kamondan otilganidek. Ammo ba’zan o‘quvchida o‘z kamonini tortish uchun kuch va qat’iyat yetishmaydi. Bu holat Mahabharata epik dostonining boshida Arjuna bilan sodir bo‘lgan. U o‘z yaqinlariga nisbatan idealistik rahm-shafqat tufayli o‘z kamonini tortishdan bosh tortgan. Tana qismlari va ayurvedik konstitutsiya Punarvasu bilan bog‘liq tana qismlari – barmoqlar va burundir. Avvalo, bu nakshatra Vata (havo) doshasi sifatida tavsiflanadi. Bu albatta, nakshatraga ta’sir qiluvchi havo sayyora Merkuriy bilan bog‘liqdir. Punarvasu makonni ifodalaydi, Vata esa makon va bo‘shliq bilan yaqin aloqagadagi doshadir.
Punarvasu padalari
1- chi pada (20°00'-23°20', Navamsha Qo‘y (Mesha), Mars boshqaruvida) Bu pada sarguzasht va yangiLikni sevuvchi, harakatli tabiati biLan ajralib turadi. Bu padasida tug‘ilganlar do‘stlikka, guruh ishlariga, maqsadlarga katta e'tibor beradi. Ular jasoratli, faol va innovatsion g‘oyalarga ega shaxsLardir.
2- chi pada (23°20'-26°40', Navamsha Buqa (Vrishabha), Venera boshqaruvida) Materialistik va yerga tegishli mustahkamlik xususiyatlariga ega pada. Ular moddiy farovonlikka intiladi, turizm, mehmonxonalar, restoranlar, eksport va import kabi sohalarga qiziqadi.
3- chi pada (26°40'-30°00', Navamsha Egizaklar (Mithuna), Merkuriy boshqaruvida) Aqliy faoliyat va tasavvur sohasida kuchli. Bu padasida tug‘ilganlar tez fikrlaydigan, biznes va ilm-fanda muvaffaqiyatga erishadigan shaxslardir. Bu varaqqatma pozitsiyasi bo‘lib, sayyoralar bu padada kuchli natija beradi.
4- chi pada (00°00'-3°20', Navamsha Qisqichbaqa (Karka), Oy boshqaruvi ostida) Eng kuchli va juda qulay pada. Bu yerda sayyoralar bir vaqtning o‘zida varaqqatma va pushkara navamsha holatida. Ushbu pada egalarida ona sifatlari – ona bo‘lish, boqish va kengayish ko‘proq namoyon bo‘ladi, ular rahmdil, mehribon va kuchli moddiy yordamchilar.
Kasblar
Turli turdagi savdogarlar. San’at arboblari, ertakchilar. Astrologiya va boshqa ezoterik fanlar bo‘yicha kitob yozuvchilari, vizionerlar. Sayohat va turizm bilan bog‘liq barcha kasblar. Qayta ishlash bo‘yicha mutaxassislar. Mehmonxona va restoran biznesi. Transport, uy qurilishi, arxitektura Ilm bilan bog‘liq barcha kasblar: FuqaroLlk muhandislari, maktab va oliy ta’lim o‘qituvchilari. Psixologlar, faylasuflar, ruhoniylar, rohiblar, guru va ma’naviy o‘zini rivojlantirish texnika o‘qituvchilari. Importchilar va eksportchilar. Tarixchilar, antikvarlar. Dehqonlar, chorvadorlar Innovatsion, yangilikka asoslangan yondashuvni talab qiluvchi kasblar: kommunikatsiya, radio, telefon, buyurtma, kuryerlik, matbuot, pochta xizmatlari, Yer egalari, ibodatxona, cherkov va boshqa diniy inshootlarni saqlovchilar. O‘q otish va uy xizmatlari. Vatanparvarlar, aviatorlar, kosmonavtlar, sun’iy yo‘ldoshLar va shunga o‘xshagan narsalar bilan bog‘liq barcha kasblar.
Gana (tabiat) va Tattva (element)
Punarvasu xayrli nakshatra hisoblanadi. Bu xayrli tabiat uning Yupiter bilan bog‘liqligidan kelib chiqadi. Yupiter xayrli sayyora sifatida tanilgan. Ushbu nakshatrani ilohiy qiladigan sifatlar uni xayrli qiladi. Uning asosiy xayrli xususiyati shundaki, u hechkimga qasddan zarar bermaydi. Punarvasu suv elementi bilan bog‘liqdir. Suvning sifati uni suv sayyorasi Yupiter bilan bog‘laydi. Punarvasu yulduzi oziqlantirish, boqish elementi bilan xam bog‘liqdir.
Oy oyi va kuni
Punarvasu Pausha oyining birinchi yarmiga mos keladi, bu odatda dekabr quyosh oyiga to‘g‘ri keladi. Punarvasu o‘sayotgan Oy yoki kamayayotgan Oy tsiklining Ashtami (8-kun) bilan bog‘liq.

Foydali faoliyat
Punarvasu nakshatrasi quyidagi faoliyatlar uchun juda mos keladi:
Sayohatlar, tadqiqotlar, ziyoratlar.
Dori-darmon qabul qilish va davolash bilan bog‘liq har qanday faoliyat.
«Hammasini boshidan boshlash» uchun yaxshi – loyihalarda, munosabatlarda va boshqalarda.
Qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik bilan bog‘liq har qanday faoliyat.
Tasavvur va innovatsion yondashuvni talab qiladigan faoliyatlar.
Mashinalar, uylar sotib olish.
Qurilish boshlanishi, ta’lim boshlanishi.
Nikoh tuzish uchun foydali vaqt.
Bolalar bilan o‘zaro aloqalar uchun yaxshi
Xayriya va ruhiy amaliyotlar uchun yaxshi
Ro‘za tutish, altarlar qurish, meditatsiya
Oddiy hayot quvonchlaridan bahramand bo‘lish uchun yaxshi vaqt Ilohiy Onaga ibodat qilish uchun juda yaxshi vaqt.
Noqulay faoliyat
Punarvasu nakshatrasi ostida pul berish yoki olish, qonun bilan bog‘liq ishlar, shuningdek, bosim va mojarolar bilan bog‘liq shuning uchun boshqa faoliyatlar noqulay hisoblanadi.
Harflar va tovushlar
Birinchi pada 20°00’ – 23°20’ «Key»
Ikkinchi pada 23°20’ – 26°40’ «Ko»
Uchinchi pada 26°40’ – 30°00’ «Ha»
To'rtinchi pada 00°00’ – 3°20’ «Hi»
Sanskrit alifbosida Punarvasu «Om» va «Aum» tovushlariga mos keladi. Shunga ko'ra, uning mantra-lari Om va Aum hisoblanadi.
Boshqaruvchi sayyora
Punarvasuning asosiy boshqaruvchi sayyorasi Yupiter hisoblanadi. Aslida, Yupiter energiyasi ham Punarvasudek tasvirlanadi. Bu etikani oliy darajada rivojlantiradigan birinchi nakshatra bo'lib, diqqat e’tibori o'zidan umumiy farovonlikka o'tadi. Yupiter energiyasi bu yerda moslashuvchanlik qobiliyati orqali namoyon bo'ladi, bu esa Punarvasuni barcha nakshtralar ichida eng oqilona qiladi. Oldin aytib o'tilganidek, Punarvasu bolalik davrining eng qiyin bosqichidan o'tib, boshqalar ehtiyojlarini anglay boshlagan hayotning bosqichlarini ifodalaydi. Shuningdek, Punarvasu Merkuriy va Oy belgilariga to'g'ri keladi, shuning uchun bu ikki sayyora ham aynan ushbu nakshatra bilan bog'liqdir. Merkuriy Punarvasuning muloqotli va harakatchan jihatiga taalluqli bo'lsa, Oy onalik, boqish xususiyatlari va uning koinot onalik printsipi bilan bog'liqdir. Yupiter-Oy, Yupiter, Merkuriy va Yupiter-Oy- Merkuriy bog'lanishlari Punarvasu energiyasiga o'xshash kuchlarni olib keladi. Barcha sayyoralarga bu nakshtradagi joylashuv juda qulay hisoblanadi, va ayniqsa Yupiter goroskopda yaxshi joylashgan bo'lsa.
Qiziqarli ma’lumot
Veda matnlarida eng hurmatga sazovor bo'lgan Koinotning boshlang'ich tovushi aynan ushbu nakshatraning ildiz tovushi hisoblanadi. Bu esa uning moddiy namoyon bo'lishining boshlanishi bilan chuqur munosabatini eslatadi.
Jinsiy tur va moslik
Punarvasu nakshatrasining jinsiy simvoli hayvon sifatida mushuk tanlangan. Mushuklar juda ham mustaqil mavjudotlar bo'lib, bu Punarvasuni eng yaxshi tasvirlaydi. Punarvasu jinsiy jihatidan agressiv bo'lishi mumkin, ammo bu Ashlesha (mushukning boshqa nakshatrasi) kabi juda kuchli agressiv emas. Ashlesha Punarvasuning eng mos keladigan nakshtralaridan biridir.
Ezoterik ma’no
Punarvasu 7 chi nakshatra bo'lib, u butun tabiatda muvozanat va tenglik aspektini ifodalaydi. Kosmos va makon bu koinotning rasmlari tikiladigan toza kanva hisoblanadi.Punarvasu unga namoyon bo'lish imkoniyatini beradi, buning uchun muhit va makon taqdim etadi. Kimyo bilan tanish bo'lganlar biladiki, har qanday reaksiyada muhit doimo muvozanatni saqlovchi element hisoblanadi. Boshqa darajada, Punarvasu ruhlarga o'tmishda qilgan barcha. salbiy harakatlarining oqibatlaridan qutulish imkoniyatini beradi. Bu barcha nakshtralar ichida karma qayta ishlovchisi eng samaralisi hisoblanadi. U Aditi Xudolar onasi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, juda g‘amxo‘r va har doim ikkinchi imkoniyat beradi. Punarvasu koinotda mavjud bo'lgan qarama qarshi tendensiyalarni muvozanatlaydi. Egizaklar Kastor va Polluks inson tabiatini ikki qarama-qarshi tomonini ifodalaydi, Punarvasu esa ularning o‘rtasida oltin makazni o‘rnatadi. Vishnu Tattva Punarvasuda boshlanadi deb aytish mumkin. Bu barcha kuchlar, elementlar va sayyoralar o‘rtasida muvozanat va uyg‘unlik hissini o‘rnatadigan nakshatra hisoblanadi. Punarvasugacha hech qanday nakshatra bunday funksiyani bajarmagan. Rama, Vishnuning 8 – chi inkarnatsiyasi, Punarvasuda tug‘ilgan va uning butun hayoti o‘sha davrda Yerda muvozanat yaratishga bag‘ishlangan. Ramaning o‘g‘illari Lava va Kusha arxetipik egizaklar, boshqa madaniyatlarda Kastor va Polluksning yulduzli egizaklari bilan ramz etilgan. Ular otalaridan hokimiyatni meros qilib olgandan so‘ng, ularning hukmronligi Prithvi (Ona)ning qiyin tarixida eng tinch va osoyishta davri hisoblangan.

Varahamihira fikriga ko‘ra, Punarvasudagi Oyning holati «odamni qoniqtiradi, noaniq qiLadi, o‘zini nazorat qilishni beradi, omad va yaxshi xarakter beradi». Bizning misolimiz Rama ham Punarvasuda Oyga ega bo‘lib, yuqorida sanab o‘tilgan barcha sifatlar unga mukammal mos keladi.

8 – chi Nakshatra (Yulduz) Pushya

Osmonda
3°20' Qisqichbaqa – 16°40' Qisqichbaqa. Pushya nakshatrasi zamonaviy astronomiyamizdagi Teta Qisqichbaqa, Gamma Qisqichbaqa va yana Eta Qisqichbaqa deb ataladigan uchta yulduzni o'z ichiga oladi. Bu yulduzlar juda yorqin emas, eng yorqini 4,57 ko'rinadigan yulduz kattaligiga ega. Bunga qaramay, ular M-44 deb nomlangan sharsimon yulduzlar to'plamini tashkil qiladi. Qadimgi vedik ko'rishlarga ko'ra, biz yulduzlar haqida ba’zi bilimlarga ega bo'lsak-da, ularga ahamiyat bermaymiz. Bu yulduzlar qurollanmagan ko'z bilan deyarli ko'rinmaydi. Qiziq tomoni, ular odatda nisbatan yorqin yulduzlarni emas, balki qizil belgisiga bog'liq yulduzlarni tanlagan.

Gotra (Koinot nasl-nasabi)
Pushya nakshatrasi galaktikamizni nazorat qiLuvchi yetti donishmanlardan biri bo‘lgan Marichi bilan bog‘liq. Ushbu donishmandning ismi “Nur” degan ma’noni anglatadi va uning engil va tez jihatlari ushbu donishmandning nozik qismiga taalluqlidir.
Ijtimoiy guruh (kasta)
Pushya Kshatriya – jangchilar kastasiga tegishlidir. Brahmanik nakshatra bo‘lishiga qaramay, qadimgi donishmandlar tomonidan Pushya Kshatriyalarga kiritilgan. Sababi Pushyaning siyosiy hayot va boshqaruvda faol ishtirok etishi, bunday faoliyat uchun esa aynan jangchilar kastasi javobgar hisoblanadi. Siyosat va boshqaruv Kshatriyalarning dharmasi.
Nomining ma’nosi
Pushya nakshatrasi «emizuvchi», «parvarishlovchi», «ovqatlantiruvchi», «g‘amxo‘rlik qiluvchi» nomlar bilan tarjima qilinadi. Ba’zi olimlarning fikrlariga ko‘ra, Pushya yulduzi «gul» deb tarjima qilinadi, bu yumshoqlik va ovqatlantirishning bir xil ma’nosini beradi. Yana bir ma'nosi «muvaffaqiyatli» deyiladi. Sidha esa «ravnaq topgan» degan ma’noni bildiradi va ushbu nakshatra bilan bog‘liq boshqa bir ism hisoblanadi. Bu barcha ismlar yaxshilikning umumiy mohiyatidan olingan.
Ramzi
Pushyaning asosiy simvoli – «sigirning ko‘kragidan oqayotgan sut». Qadimgi donishmandlar bu uchta yulduzni «sigirning ko‘kragi» deb atashgan. Nakshatraning nomi bilan birlashtirilganini aytganda, uning barcha belgilari darhol aniq bo‘ladi. Bu simvol barcha mavjudlik darajalarida mo‘l-ko‘lchilikni, ovqatlantirish, parvarishlash va g‘amxo‘rlik qilishlik qobiliyati va moyilligini ifodalaydi. Sigirlar, biz bilganimizdek, o‘z bolallrini merosxo‘r bo‘lmagan holda boshqalarga befarq va xursandchilik bilan boqadilar. SigirLar onalik ramzi sifatida jahon miqyosida yuqori hurmatga sazovor bo‘lgan hayvonlar, ayniqsa qadimgi Veda jamiyatida. Hindistonda ular hozirgacha barcha hayvonLar orasida eng muqaddas hisoblanadi. Yer biLan bog‘liq barcha unumdorLik va barcha turdagi ishlab chiqarish tushunchalari ushbu nakshatraning himoyasi ostida. Ko‘plab qadimgi afsonalarda Yer ko‘pincha sigir bilan bog‘lanadi.
Pushya Nakshatra va Toros belgisi bilan aloqasi
Sigirlar Toros belgisi bilan yaqin aloqada bo‘lib, Pushya nakshatrasi ham ushbu belgi va uning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir, hatto u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu belgiga tushmasa ham. Aytilishicha, Torosda joylashgan Oy Pushyaning energiyalariga o‘xshash kuchlarni olib keladi. Qishloq xojaligi boshlanishi, tsivilizatsiyalarning ildizi sifatida sigirlarni o'zlashtirish va sutini olish jarayoni ko'riladi. Global nuqtai nazardan, bu ayol Xudosi kuch qudratini, zarur bo'lgan hamma narsani ta’minlash energiyasini ifodalaydi. Sigir ko'kragidan oqayotgan sut hayot kuchi, hayotiylik va ijod kabi turli xil tushunchalarni anglatadi. Faqat ishlab chiqaradigan narsani berish mumkin, va Pushya koinotimizda faoliyat yuritayotgan barcha ishlab chiqaruvchi kuchlarga tegishlidir.
Alternativ ramzi —g'ildirak hisoblanadi. G'ildirak qadimiy ramz bo'lib, ayniqsa vaqt harakatini ifodalaydi. Vaqt o'tishi bilan barcha erishilgan taraqqiyotning asosiy motivi sifatida qaraladi. Taraqqiyot yoki rivojlanish g'oyasi har doim vaqt bilan chambarchas bog'liqdir. Pushya nakshatra vaqt prinsiplarini samarali, ijodiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun to'g'ri ishlatish haqida chuqur xabardor. Misol uchun, bugungi kunda avtomobil hayotimizni avvalgi davrlarga nisbatan ancha osonlashtirganini ko'rishimiz mumkin. Bu Pushyaning ko'plab sovg'alaridan faqat bittasidir. G'ildirak shuningdek, tsivilizatsiyaning arxetipik ramzi bo'lib, Pushyaning gullab – yashnayotgan, muloyim, nozik xarakterini yana bir bor ta’kidlaydi. Unda aslo shafqatsizlik, qattiqlik yoki hayvoniy xulq- atvorning qo'polligiga joy yo'q. U mustaqil nomga ega bo'lgan, oson farqlanadigan yulduzlar guruhining doiralik mohiyatini aks ettiradi. Pushya barcha turdagi yumshoqliklar bilan bog'liq ko'krak, Oy, Yer va sut kabi. Ba’zi olimlar Pushyani «gul» ramzi sifatida ham ta’riflaydilar. «gullash» Pushya so'zining tarjimalaridan biridir. Pushya har qanday turdagi gullash jarayonini ifodalaydi. Masalan, insonlarni «16 yoshining shirinligi» atamasi odatda baxtli, quvnoq va befarq davrni tasvirlash uchun ishlatiladi bu davrda tana, ong va hissiyotlar yetilgan yoki gullagan bo'ladi, ya’ni bolalikdan kattalikka qadam qo'yish uchun yetarli. Qiziqarli tomoni shundaki, o'n oltinchi yil Yupiterning yetilish yoshi deb hisoblanadi, va aynan shu sayyora Pushya nakshatrasi bilan eng yaqin bog'langan.
Pushya boshqaruvchi Xudosi
Brihaspati hisoblanadi. Brihaspati Xudolarning ustozidir. Ruhoniy va asosiy murabbiy sifatida tanilgan. U bizga rostgo'ylik, to'g'ri xulq-atvor, fidoyilik va o'zini tiyishni o'rgatadi. Astrologiyada Brihaspati Yupiter sayyorasining ilohiy ko'rinishi sifatida qaraladi, u bilim va donolik ramzidir. Pushyaning yana bir yashirin ramzi doiradir. Bu ramz ushbu yulduzlar to'plamining tarixiy ravishda Shuning uchun Pushya nakshatrasining barcha atributlari va ma’nolari Yupiterga o'xshashdir. Pushyaning yaxshi, g‘amxo‘r xarakteri Yupiterning asosiy tabiatiga yaqin. Yupiterning saxiylik, rahm- shafqat, quvonch va optimizm kabi barcha ijobiy fazilatlari Pushya orqali yorqin namoyon boladi. Qiziqarli jihati shundaki, Yupiterning yaxshi sifatlari Pushyada, uning sayyora boshqaruvchisidan ko‘ra ancha ko‘zga tashlanadi.
Pushyaning tabiati va xarakteri
Pushya bu hayot yo‘limizda biz hech narsadan qo‘rqmasdan, xavfsizlik va tinchlikda dam olishimiz mumkin bo‘lgan joydir. Bu barcha nakshatralar ichida eng oziqlantiruvchi bo‘lib, bizni ona qo‘lida osoyishtalik bilan yotgan dastlabki holatimizga qaytaradi. Shu sabab Pushya o‘z nativlarini ona kabi boshqaradi, ularni oziqlantiradi va himoya qiladi, mehr-muhabbat va saxiylik beradi. Pushya nativlari hayotda ko‘pincha qulay va osoyishta holatda boladilar. Pushya ko‘krak bilan bog‘liq. Bu «Inson mehrining suti» degan tasavvurga olib keladi. Mehr- muhabbat, bu nakshatra haqida aytish mumkin bo‘lgan eng asosiy sifatdir. Pushya barakali va tinchlantiruvchi bo‘lib, uning nativlari do‘stlik qilish va yordam berish qobiliyati bilan boshqalarni o‘ziga jalb qiladi. Pushya Saturn tomonidan boshqariladi, shuning uchun u o‘z nativlariga ishonchlilik va qo‘rqmaslik beradi, ular ishonchga loyiq. Ulardan har doim yordam so‘rash mumkin. Barcha nakshatralar ichida Pushya eng sevimli va foydalidir. Uning qo‘shnisi Punarvasu nakshatrasi kabi, u hayotni, farovonlikni, qoniqishni juda yaxshi ko‘radi, ammo Pushya nakshatrasining ustunligi o‘z imkoniyatlarini moddiy darajada namoyon eta olishi, qulaylik va farovonlikni ta’minlaydi. Bu uning boshqaruvchisi Saturnning o‘ziga xos xarakteri bilan bog‘liq. Pushya nakshatrasi o‘zining ijobiy tomonida oziqlantiruvchi, Pushyaning energiyasi qayerga yo‘naltirilmasin, kengayish va o‘sishga olib keladi. Bu hayotning har qanday sohasiga taalluqlidir hissiy rivojlanish, ruhiy yoki moddiy. Pushya to‘liq Qisqichbaqa burjida joylashganligi sababli, uning nativlarida oila, uy va avlodga bo‘lgan kuchli hislar mavjud qiladi. Pushya nativlari yumshoq, sabrli va itoatkor bo‘lib, o‘z oilalariga, onalariga yoki umumiy onalik obrazlariga juda bog‘langan bo‘ladilar.
Pushyaning rivojlanish darajalari va tabiati
Kam rivojlangan darajada Pushya nativlari o‘z yaqinlariga juda saxiy bo‘lib, ularni himoya qiladi va doimo yaqinlarga, atrofidagilarga, yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor bo‘ladi, ammo ular butun rasmni, dunyoni kengroq ko‘ra olishmaydi. Ruhning yuqori rivojlanish bosqichida esa ular butun dunyoni o‘z oilasi kabi qamrab oladi, Yer yuzini o‘z iste’dodlari va uzluksiz g‘amxo‘rlik sovg‘alari bilan oziqlantiradi. Pushya sifatlari – muhabbat, hissiy yaxlitlik, tinchlik, saxiylik va farovonlik uning nativLari ruhida osonLik biLan namoyon bo‘ladi.
Pushyaning salbiy tomonlari
Ushbu nakshatraning salbiy jihatlari nativlarni o‘z dunyosida juda qulay his qilishga majbur qiladi, natijada ular ba’zida shafqatsiz, tor fikrli, din va madaniyat masalalarida ortodoksal bo‘lib, o‘z dunyosidan tashqaridagi hech kimni va hech narsani qabul qilmasliklari ko’p uchraydi. Pushya nativlariga xos bo‘lgan bir nechta salbiy sifatlar bor ochiqchasiga tarafkashlik va fanatizm.
Padalari
1- chi pada 0°00’ – 3°20’ Qisqichbaqa yulduzlar to‘plamida, Tarozi (Libra) navamshasida, Yupiter boshqaruvida. Birinchi pada Pushya nakshatrasida uy-joy, oila va ma'naviy rivojlanishga yo‘naltirilgan. Ushbu padada tug‘ilganlar kuchli intuitsiyaga ega, tinchliksevar va g‘amxo‘r bo‘lishadi. Ular ko‘pincha ichki osoyishtaliklari va ruhiy o‘sishga intilishadi, boshqalarga yordam berishlikka va tarbiyalash sohalarida muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ularning sabr- toqati va g‘amxo‘rligi ajralib turadi. Haddan tashqari yumshoqlik, qaror qabul qilishda sustkashlik va ba'zan o‘zini izolyatsiyaga olish bo‘lishi mumkin. Oy, Yupiter, Quyosh va Neptun ushbu padaga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
2- chi pada 3°20’-6°40’ Qisqichbaqa yulduzLar to'plami, Tarozi navamshasi, Saturn boshqaruvida. Tartib-intizom (Libra) amaliyotgacha yo‘naltirilgan. Bu padada tug‘ilganlar intizomli, sabrli va qat’iy bo‘lishadi. Hissiyot va mantiqni muvozanatlashni yaxshi biladi, bu ularga biznes, boshqaruv hamda ilm-fanda muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi. Mustahkamlik va hayotdagi tartib ular uchun muhim. Haddan tashqari qat’iylik va pesimizmga moyillik bo‘lishi mumkin. Saturn, Merkuriy, Oy va Mars ushbu padada ijobiy ta’sir ko'rsatadilar.
3- chi pada 10°00’ – 13°20’ Qisqichbaqa yulduzlar to‘plamida, Tarozi (Libra) navamshasida, Venera boshqaruvida. Bu pada uy, qulaylik, hashamat va muloqotga katta e’tibor qaratadi. Uchinchi pada nativlari intellektual qobiliyatlari bilan ajralib turadi, bilimga chanqoq, muloqotda faol, ko‘pincha o‘qituvchilik, yozuvchilik yoki maslahat berish sohalarida muvaffaqiyatga erishadilar. Ular aql va hissiyotlarni muvozanatlashga harakat qiladi. Sirtlilik va konformizm (moslashuvchanlik) bo‘lishi mumkin. Oy, Merkuriy, Venera va Saturn bu padada yaxshi his qiladi.
4- chi pada 13°20’ – 16°40’ Qisqichbaqa yulduzlar to‘plami, Chayon navamshasi, Mars boshqaruvida. Bu padada Pushyaning ezoterik, ruhiy tomoniga tegishli. U boshqa olamlarning osmoniy mavjudotlari biLan bog‘lanishga intiladi. Mantra va ritualar bilan bog‘liq. To‘rtinchi pada nativlari chuqur hissiy, sezgir va ichki intuitsiyaga ega bo‘ladilar. Ular ruhiy rivojlanishga qiziqish bildiradilar. Qaramlik, ta’qib, fanatizm kabi salbiy xususiyatlar namoyon bo‘lishi mumkin. Faqat Yupiter va Venera sayyoralaridan ta’sirlanmaganlar ushbu padada muvaffaqiyat qozonadilar.
Kasblar
Sut sanoati, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchilar.
Savdogarlar, siyosatchilar, boshqaruvchilar.
Restoran egalari, tadbirkorlar.
Ruhoniylar, monastirlar, ruhiy o‘qituvchilar.
Psixoterapevtlar, menejerlar, xayriyachilar va tashkilotlari, ijtimoiy xizmatlar xodimlari.
Daryolar, ko‘llar bilan bog‘liq sohalarda faoliyat yurituvchilar.
Ta’lim sohasida o‘qituvchilar va mutaxassislar, bolalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar.
G‘amxo‘rlik qiladigan shaxslar, enagalar.
Ko‘chmas mulk agentlari .
Hunarmandlar, dehqonlar, bog‘bonlar.
Ortodokslar, an’anaviychilar va diniy fanatiklar.
Joylar
Daryolar, portlar, rezervuarlar, akvariumlar, fontanlar, basseynlar, kanallar, qayiqchalar, qayiq omborlari, jamoat joylari, pivo zavodlari, ayollar kvartallari, yotoqxona, jamoat kir yuvish joylari. Ma’budlar va cherkovlar, mehmonxonalar, kafelar, restoranlar, tarbiyaviy muassasalar, kichik bolalar markazlari, tug‘ruqxona, maktablar , sut zavodlari va fermalar, hukumat uylari, parlament, xayriya tashkilotlari binolari, yuqorida sanab o‘tilgan kasblar bilan bog‘liq barcha joylar.
Guna (tabiat) va Tattva (element)
Pushya tamasik guna tabiatha mansub. Pushyaning tamasik gunaga mansubligi inertlik va sustlik kabi xususiyatlarni beradi. Bu holat Saturnning bu nakshatradagi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pushya o‘zining atrofidagi boylik va hokimiyatdan zavqlanib, o‘zini yo‘qotib, havolanib, ulug’larga nisbatan xush muomalalikni unutishi, kattalarga hurmat ko‘rsatish kabi majburiyatini e’tibordan chetda qoldirishi mumkin. Bu ko‘p jihatdan Pushya egallagan sayyoraning tabiati bilan bog‘liqdir. Pushya suv elementiga tegishli bo‘lib, uning boshqaruvchisi Brihaspati (Yupiter) ko‘pincha suv bilan bog‘langan semiz odam sifatida tasvirlanadi. Agarda Saturn Pushya ichida 6 chi uy dustxanada joylashgan bo‘lsa, u nakshatraning barcha tamasik tomonlarini kuchaytiradi. Biroq, agar Oy yaxshi uyda joylashgan bo‘lsa, Pushyaning xayrixoh, rahm- shafqatli va boqish xususiyatlari yaxshi namoyon bo‘ladi. Pushya o‘zining tabiiy kengaytirilgan xarakteriga muvofiq yuqoriga qaraydi va oshirish hamda kengaytirish anglatadi. Pushyada joylashgan sayyoralar odatda boshqaradigan sohalarda kengayish va o‘sishni ta’minlaydi. Oy Pushya orqali o‘tgan paytda boshlangan faoliyat hech qachon muvaffaqiyatsiz bo‘lmaydi. Pushya yengil va tez bo‘lib, Ashvini kabi fikrlash tezligi bilan bog‘liq. Bu aql va tananing tezligini talab qiladigan barcha faoliyatlar uchun qulay hisoblanadi. Shu sababli Pushya barcha savdo va biznes turlari uchun eng yaxshi nakshatralardan biri hisoblanadi.
Foydali faoliyatlar
Har qanday yangi ishni boshlash uchun eng qulay nakshatra hisoblanadi. Kechalar, tantanalar, san’at va ijodiy tadbirlarni, ayniqsa musiqa va raqs tadbirlarini o‘tkazish uchun juda yaxshi. Sayohatlar yoqimli va muvaffaqiyatli bo‘ladi. Dushmanlar bilan kurashni boshlash mumkin, chunki dushmanlar Pushya ostida zaiflashadi va ko‘p zarar yetkaza olmaydi. Huquqiy yordam izlash va sud ishlarini boshlash uchun qulay. Moliyaviy rejalashtirish va turli xil bitimlarni muvaffaqiyatli amalga oshadi. Ovqat tayyorlash, bog‘dorchilik, uy hayvonlarini tanlash va sotib olish uchun yaxshi vaqt. Bolalar bilan bog'liq har qanday faoluyat, shuningdek shifobaxsh va tinchlantiruvchi ishlar uchun qulay. Diniy va ruhiy harakatlar uchun juda mos keladi, ayniqsa Onaga bag‘ishlangan ibodatlar, Onaning qudratli energiyasiga murojaat qilish uchun. Kelajakdagi uy asosiga birinchi tosh qo‘yish, uy qurilishini boshlash va o‘z naslidan yordam so‘rash uchun ideal vaqt.